Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” klubi ikkinchi davra hozirligini sekin-asta poyoniga yetkazmoqda. Jamoa chempionatning hal qiluvchi davrasi starti oldidan o‘z safini bir qator yangi futbolchilar bilan to‘ldirib oldi.

Bugun poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida “temiryo‘lchilar”ning yangi o‘yinchilari tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimi avvalida jamoa bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov “Lokomotiv”ning ikkinchi davra oldidan tayyorgarligi va yangi o‘yinchilari xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- “Lokomotiv” ikkinchi davraga yaxshi hozirlik olib bordi. Jamoamiz xorijda yig‘in ham tashkil etdi. Minskda tashkillashitirilgan yig‘in mobaynida 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushdik. Qolaversa, tarkibni kuchaytirish borasida ham ish olib bordik. Natijada Bobir Davlatov, Olabiran Blessing Muyiva jamoamizga kelib qo‘shilishdi. Davlatovni ko‘pchilik “Rubin”, “Aktobe”, “Jetisu” jamoalarida o‘ynaganidan xabardor. Muyiva esa ilgari Moldova chempionatida o‘ynagan. Shuningdek, kecha Sanjar Shoahmedovning ham “Lokomotiv”da o‘ynashi oydinlashdi. U bir muddat safimizda shug‘ullanib turgandi. Ana endi Shoahmedov ikkinchi davrani “Lokomotiv”da o‘tkazadigan bo‘ldi. Qolaversa, tajribali mutaxassis Andrey Fyodorov ham “Lokomotiv” murabbiylar shtabida ish boshladi. O‘ylashimcha, jamoamiz ikkinchi davraga tayyor. “Lokomotiv” o‘z ishqibozlarini chiroyli g‘alabalar bilan xursand etadi, - dedi To‘labek Abrarovich.

So‘ngra Andrey Miklyayev hamda jamoa murabbiylar shtabiga yangi qo‘shilgan Andrey Fyodorov ham o‘z fikrlarini bildirishdi:

- Men “Lokomotiv”da ish boshlaganimdan mamnunman. Ushbu klub tuzilganiga hali u qadar ko‘p muddat o‘tmagan bo‘lsa-da, “Lokomotiv” qisqa vaqt ichida yaxshi tuzilma xosil eta oldi. Bu yerda barchadan faqat va faqat futbol haqida o‘ylashgina talab etiladi. Jamoa muvaffaqiyatlariga xissa qo‘shishga urinaman, - dedi Andrey Vitalyevich.

Keyin esa yangi futbolchilarga ramziy tarzda futbolkalar topshirildi. Xususan, Olabiran Blessing Muyivaga “Lokomotiv”ning 19-raqamli futbolkasi topshirildi. Bobir Davlatov esa 24-raqamli futbolkani oldi.

Taqdimot marosimining davomida ushbu ikki futbolchi ham o‘zlarining yangi jamoadagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

- “Lokomotiv” – O‘zbekistonning yetakchi jamoalaridan biri. Ushbu klub a’zosiga aylanganimdan xursandman. Qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin ko‘rsatib, “Lokomotiv”ning g‘alabalariga o‘z ulushimni qo‘shishga harakat qilaman, - dedi Bobir Davlatov.

- Men “Lokomotiv” safida bir muddat mashg‘ulotlarda qatnashdim. Jamoa juda ahil ekan. Klubda esa barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Ilgari Moldovaning “Saksan” klubida to‘p surgandim. Ana endi O‘zbekistonning eng yetakchi jamosi – “Lokomotiv” futbolchisiga aylandim. Bundan xursandman. Chempionat darajasi ancha yuqori ekan. “Lokomotiv” safida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, O‘zbekiston chempionatida g‘alabalarga erishishga urinaman, - dedi Muyiva.

Taqdimot marosimi yakunida esa har ikki futbolchi maydonga chiqib, OAV vakillari uchun maxsus fotosessiyada ishtirok etishdi.

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:14, 05.08.2017.
O'qildi: 7489 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.