Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Oliy liga. "Olmaliq" - "Buxoro" (prevyu)

Oliy liga. "Olmaliq" - "Buxoro" (prevyu)

Baho:
+-1 | -

Bugun "Olmaliq" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.

Birinchi davrada safarda o‘tgan bahsda Ivan Nagayev tomonidan urilgan gol mezbonlarga uch ochko taqdim etgandi.

Ortga nazar tashlasak, bu jamoa bilan o‘tgan o‘zaro o‘yinlarda "Olmaliq" tarixida esda qolarli bir necha voqeliklar bor ekan.

1. "Olmaliq" oliy ligada ilk durangni shu jamoaga qarshi o‘tgan 2008 yilgi bahsda qayd etgan ekan. Usmon Toshev boshchiligida buxoroliklar Olmaliqdan bir ochko bilan qaytishgan.

2. Shu mavsum ikkinchi davrada Buxoroda o‘tgan o‘yinda esa "Olmaliq" o‘z tarixida ilk marotaba safarda g‘alaba nashidasini surgan.

2009 yil "Olmaliq" ilk marotaba raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p urishga erishgan uchrashuvda ham raqib "Buxoro" bo‘lgan ekan.

Umumiy statistika bo‘yicha o‘tkazilgan 17 o‘yinning 8tasida "Olmaliq" zafar quchgan, 7 o‘yinda raqib uch ochko egasi bo‘lgan va ikki bahsda durang qayd etilgan. Har ikki durang ham Olmaliq shahrida o‘tgan bahslarda qayd etilgan. To‘plar nisbati 29-18 "Olmaliq" foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarning to‘liq natijalari quyidagicha:
2008 - OKMK - BUXORO - 0:0
2008 - BUXORO - OKMK - 1:2 (0:2)
2009 - BUXORO - OLMALIQ - 1:3 (1:2)
2009 - OLMALIQ - BUXORO - 5:0 (2:0)
2011 - BUXORO - OLMALIQ - 1:0 (1:0)
2011 - OLMALIQ - BUXORO - 6:1 (2:0)
2012 - BUXORO - OLMALIQ - 0:1 (0:0)
2012 - OLMALIQ - BUXORO - 1:3 (1:2)
2013 - BUXORO - OLMALIQ - 1:0 (0:0)
2013 - OLMALIQ - BUXORO - 3:2 (2:1)
2014 - OLMALIQ - BUXORO - 2:1 (1:0)
2014 - BUXORO - OLMALIQ - 2:1 (1:0)
2015 - BUXORO - OLMALIQ - 0:4 (0:1)
2015 - OLMALIQ - BUXORO - 1:1 (1:1)
2016 - BUXORO - OLMALIQ - 2:0 (0:0)
2016 - OLMALIQ - BUXORO - 0:1 (0:1)
2017 - BUXORO - OLMALIQ - 1:0 (1:0)

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 17:17, 05.08.2017.
O'qildi: 3308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.