Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gennadiy Kochnev: "Sho‘rtan" yaxshi himoyalandi"

Gennadiy Kochnev: "Sho‘rtan" yaxshi himoyalandi"

Baho:
+ | -

Oliy liga 16-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Sho‘rtan" (1:1) o‘yinidan so‘ng g‘uzorliklar murabbiyi Genadiy Kochnev o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Birinchi o‘rinda, Vadim Abramovni bugungi tug‘ilgan kuni bilan tabriklab qolaman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, dastlabki 30 daqiqada raqib bizni o‘z zonamizda "qamab" qo‘ydi. Keyinchalik esa qarshi hujumlar orqali o‘yinni tenglashtira oldik. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda gol urganimizdan so‘ng farg‘onaliklar ochiq futbol namoyish etishga kirishidi va hisobni tenglashtirishga erishishdi.

Bizda ham qulay vaziyatlar ko‘p bo‘ldi va bugun g‘alabaga yaqinroq edik. Yigitlarga rahmat aytaman. Chunki bugun ular oxirgacha kurashdi. Darvozabonga esa penaltini qaytargani uchun alohida rahmat.

Bugun "Neftchi"ga nima yetishmaganini bilmadim. Raqib haqida fikr bildirmayman. Lekin bizning himoyachilar o‘z ishini yaxshi bajardi" - dedi Kochnev.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 10:37, 06.08.2017.
O'qildi: 2449 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик