Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Filippinda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Musobaqada qit’amizning 18 ta mamlakatidan 138 nafar yosh bokschilar ishtirok etishdi. O‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati 13 ta vazn toifasida o‘tkazildi. E’tiborlisi, Osiyo chempionatida faqat O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalari to‘liq tarkib bilan ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Filippinga yo‘l olgan 13 ta bokschidan o‘ntasi yakunda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Final janglarida ringga ko‘tarilgan olti nafar bokschimizning uchtasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medallarga sazovor bo‘lishdi va Osiyo chempionligini tantana qilishdi. Hal qiluvchi bahslarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan uch nafar bokschimiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.

Final janglari natijalari:

-52kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Bibars Jekshen (Qozog‘iston) - 1:4
-54kg: Rahmatullo Toshpo‘latov - Aitjan Ashirxan (Qozog‘iston) - 0:5
-57kg: Javlonbek Yuldashev - Seon Gun Gox (Janubiy Koreya) - 5:0
-63kg: Nurislom Ismoilov - Umar Kuvanchbek Uli (Qirg‘iziston) 4:1
-66kg: Asadbek Jumaniyozov - Sora Tanaka (YAponiya) 0:5
+80kg: Shohruh Almatov - Satender Singh (Hindiston) 3:2

Demak, Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra Javlonbek Yuldashev (-57kg.), Nurislom Ismoilov (-63kg.) va Shohruh Almatov (+80kg.) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsalar, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-52kg.), Rahmatullo Toshpo‘latov (-54kg.) va Asadbek Jumaniyozov (-66kg.) larga kumush medallar nasib qildi.

Shuningdek, bir kun avval Muhammadmuso Abduraxmanov (-46 kg.), Ruslan Abdullayev (-48 kg.), Sherzod Qodirboyev (-60 kg.) va Kamronbek Raxmonov (-80 kg.)lar bronza medaliga loyiq ko‘rilishgandi. Ana shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi. Ushbu natijasi evaziga O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini Qozog‘iston delegasiyasidan so‘ng faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar 2017 yil hisobidan o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati (Toshkent) va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi (Bangkok) da O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:54, 07.08.2017.
O'qildi: 5756 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик