Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Ferran Torres «PSJ»ga o‘tganidan so‘ng «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Ferran Torres «PSJ»ga o‘tganidan so‘ng «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Hujumchi Ferran Torres «PSJ»ga transferi rasman e’lon qilingach, «Barselona» ishqibozlari bilan xayrlashdi.

«Barsa» muxlislari, avvalambor, barchasi uchun sizlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu libosni kiyish men uchun juda katta faxr edi. Oxirgi 4,5 yil davomida «Barsa»da boshdan kechirganlarim meni ham futbolchi, ham inson sifatida yanada yaxshiroq bo‘lishimga yordam berdi.

Bu vaqt ichida «Barselona» mening uyimga aylandi. Men bu yerga bor kuchimni berish va’dasi bilan kelgandim va aynan shunga intildim. Maqsadim hamisha jamoaga yordam berish va «Barsa»ni o‘zi loyiq bo‘lgan joyga — cho‘qqiga qaytarish edi.

Ushbu klubda men ham kiyinish xonasida, ham undan tashqarida ko‘plab do‘stlar va bizni yanada yaxshiroq qilgan insonlarni qoldirmoqdaman. Biz «Barsa» bilan birgalikda chempion bo‘ldik, ko‘pchiligimiz terma jamoa bilan ham zafar quchdik. Rahmat!», — deb yozdi Torres ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Torres 2022 yilning yanvaridan beri kataloniyaliklar safida to‘p surib kelayotgan edi. U «ko‘k-anorranglilar» libosida barcha turnirlarda 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jamoa bilan birgalikda u 3 marta Ispaniya chempioni, 3 marta Ispaniya Superkubogi hamda mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

Kiritildi: 17:18, 16.08.2026.
O'qildi: 2971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик