Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Mourinyo qo‘ng‘irog‘idan so‘ng bu futbolchi "Real"ni tanladi

Mourinyo qo‘ng‘irog‘idan so‘ng bu futbolchi "Real"ni tanladi

Baho:
+-1 | -

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Karlos Espining Madrid klubiga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.

"Qaymoqranglilar" 21 yoshli futbolchini iyul oyi oxirida "Levante"dan 25 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. Jurnalist Gilyermo Rai ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar jarayonida Mourinyu Espiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan.

Portugaliyalik mutaxassis hujumchiga jamoadagi rolini tushuntirib, uni klassik 9-raqamli forvard sifatida ko‘rayotganini aytgan.

"Real" transferga aloqador barcha shaxslardan muzokaralarni maksimal darajada maxfiy olib borishni so‘ragan. Shu sababli kelishuv so‘nggi lahzagacha sir tutilgan.

Espiga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirgan. Biroq "Real" va Mourinyudan qo‘ng‘iroq olganidan keyin ispaniyalik futbolchida qaysi klubni tanlash borasida shubha qolmagan.

Kiritildi: 10:43, 16.08.2026.
O'qildi: 4907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик