Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Aleksandr Xomyakov: "Mash’al" hamma ham qilolmayotgan ishni bajardi"

Aleksandr Xomyakov: "Mash’al" hamma ham qilolmayotgan ishni bajardi"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 16-turi doirasidagi "Lokomotiv"ga (1:1) qarshi kechgan uchrashuvdan keyin "Mash’al" ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Natijadan ko‘nglim to‘ldi va bundan xursandman. Poytaxtdan ochko bilan qaytish juda zo‘r natija. Ehtiroslar og‘ushidaman. "Lokomotiv"ga gol Toshkentda gol urgan ikkinchi jamoamiz. Birinchi bo‘lib "Nasaf" buni uddalagandi, endi esa "Mash’al". Biz nafaqat gol urdik, balki bir ochko olishga ham erishdik. Jamoam bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. "Loko"ga qarshi hujumda o‘ynashdan qo‘rqmadik va bu uchun munosib tarzda taqdirlandik. Bugun yana gollar urishimiz ham mumkin.
Joriy mavsum ancha qiziqarli o‘tmoqda. Bir ikkita o‘yinda ochko yo‘qotadigan bo‘lsang, unda turnir jadvalida pastga qulaysan. Aksincha bo‘lsa tepaga chiqib ketasan. Chempionat ancha qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechmoqda. Umid qilamanki, chempionat oxiriga qadar temp shu qadar yuqori bo‘ladi. Yana asosiysi, chiroyli gollar ham ko‘p bo‘ladi.
Bizning futbolchilar har doim ham chalqancha uslubda to‘p tepishmaydi. Ba’zan futbolchilar o‘zlariga buni ep bilishadi va bugun bu o‘xshadi. Bu golda nafaqat Abdullohni ijrosini, balki Kamolovning qanotdan oshirgan ajoyib uzatmasini inobatga olish lozim.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 00:28, 08.08.2017.
O'qildi: 3535 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик