Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

«Barselona» akademiyasi so‘nggi yillarda qanday ishlamoqda?

«Barselona» akademiyasi so‘nggi yillarda qanday ishlamoqda?

Baho:
+-1 | -

La Masiya - "Barselona" akademiyasining faoliyatiga nazar.

Serg‘ayrat va shijoatli Lui van Gal 2000 yili faqat akademiya tarbiyalanuvchilaridan shakllangan jamoa bilan CHLda g‘alaba qozonishni orzu qilganida, hamma uni g‘irt xayolparastga chiqarib qo‘ygandi.

Qarangki, 12 yildan so‘ng gollandiyalik murabbiyning orzusi qisman amalga oshdi - mavsum-2012|2013 doirasida 25 noyabr kuni «Levante»ga qarshi kechgan bellashuv (4:0) davomida Dani Alvesh jarohatlanib, maydonni tark etgach, «Barsa» o‘yinni o‘z akademiyasining 11 nafar a’zosi bilan yakuniga yetkazdi.

Bu klub va La Masiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning cho‘qqisi edi. Afsuski, shundan keyin akademiya ishida qandaydir pasayish boshlandi...

La Masiya tarixi. «Barselona» tashkil etilganidan atigi 2 yil o‘tgach, ya’ni 1901 yili jamoaga munosib zaxira bazasi yaratish g‘oyasi tug‘ilgan. Shu tariqa birinchi navbatda, o‘rinbosarlar tizimi shakllantiriladi va uning negizida 3-4ta jamoa faoliyat boshlaydi. 1918 yilga kelib esa, o‘smir va yoshlar jamoalariga asos solinadi. Xullas, futbol maktabi asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘liga o‘tadi. 1960 yili klub prezidenti lavozimini egallagan Erik Lyaudet saylovlar jarayonida chinakam akademiya tashkil etishga va’da beradi.

Keyinchalik u o‘z so‘zi ustidan chiqib, yangi o‘quv dargohiga futbolchilik faoliyatini endigina yakunlagan Ladisla Kubalani direktor sifatida tayinlaydi. Biroq vengriyalik sobiq hujumchi taqdir taqozosiga ko‘ra, bu lavozimda uzoq ishlamaydi - 1961|1962 yillar mavsumini sust o‘tkazgan «Barsa» safarda «Valensiya»dan 2:6 hisobida yengilgach, Lyaudet bosh murabbiylik vakolatini aynan Kubalaga topshiradi.

Natijada jamoa ishlari biroz yurishadi, lekin akademiyaga sarmoya yetishmasdi. La Masiya iborasiga kelsak, bu «Fermerlar (dehqon) uyi» ma’nosini anglatadi. Uzoq 1702 yili bun-yod etilgan ushbu ko‘hna inshootda «Kamp Nou» qurilishi boshlangan payt hunarmandlar ustaxonalari joylashgandi. La Masiya olis o‘tmishda chindan ham, kataloniyalik dehqonlar qarorgohi vazifasini o‘tagan.

Nihoyat, 1957 yili stadion foydalanishga topshirilgach, klub ma’muriyati La Masiyaga ko‘chiriladi. Yosh iqtidorlarni topish va tarbiyalashga qaratilgan harakatlar bir zum to‘xtamagan bo‘lsada, faqat 1979 yili jamoaning navbatdagi prezidenti Xosep Luis Nunyes mustaqil futbol maktabi bunyod etish haqidagi qarorni rasman tasdiqlaydi. Xullas, «Kamp Nou»ning soyasida qolib ketgan ko‘hna inshoot 20 oktyabrdan e’tiboran, o‘quv maskani ixtiyoriga beriladi.

Bungacha «Barsa» fanatlar klubi aynan shu binodan qarorgoh sifatida foydalanardi. 1982 yili akademiya shaxsiy stadioniga ega bo‘ladi - «Mini Estadi». 1979-2011 yillar oralig‘ida maktabning manzili o‘zgarmaydi.

Shundan so‘ng «Barsa»ning «Syudad Esportiva Joan Gamper» o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi qoshida zamonaviy majmua tarbiyalanuvchilarga o‘z quchog‘ini ochadi. Unga akademiyaning faol tashkilotchilaridan biri, sobiq futbolchi va murabbiy Oriol Tort Martines nomi berilgan.

Akademiya tuzilishi. «Barsa» akademiyasida 7ta yosh toifasida jami 16ta jamoa mashg‘ulot olib boradi: «Pre-benxamin» (7-8 yosh) yagona tarkibga ega bo‘lsa, «Benxamin» (9-10 yosh) va «Alevin» (11-12 yosh) guruhlarida «A», «V», «S», «D» jamoalari bor. «Infantil» (13-14 yosh), «Kadete» (14-15 yosh) va «Xuvenil» (16-18 yosh) guruhlari esa «A» va «V» belgisidagi jamoalardan iborat.

O‘rinbosarlar jamoasi sanalgan «Barselona B»da esa tarbiyalanuvchilar yoshi chegaralanmagan. Har yili 6-8 yoshli minglab bolakay sinovga jalb etiladi va ular orasidan eng iqtidorlilari saralab olinadi.

Maskanda yosh futbolchilarning har tomonlama puxta bilim olishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Zero, barcha tarbiyalanuvchilarning professional futbolchi maqomini olmasliklari avvaldan ma’lum.

Demakki, bolalar La Masiyada har ehtimolga qarshi kelajakda asqotadigan bilimlarni o‘zlashtirishlari zarur. Axir tarbiyalanuvchilarning atigi 10 foiziga «Barsa» asosiy tarkibidan joy olish nasib etadi.

Taniqli tarbiyalanuvchilar. 1979 yilgi ilk tanlovda akademiyaga 20 nafar yosh iqtidor qabul qilingandi. Ular orasida eng mashhuri - Gilyermo Amor ichki chempionatda Kataloniya jamoasi tarkibida 311 marta maydonga tushgan va keyinchalik La Masiyaga rahbarlik qilgan.Ushbu mutaxassis faoliyatini 2014 yili yakunlagandi.

Lekin yaqinda ortga qaytib, Xose Mari Bakero bilan hamkorlikda «Xuvenil» va o‘rinbosarlar jamoalariga ustozlik qila boshladi. Umuman olganda, «Barsa» kanterasidagi chinakam inqilob Yoxan Kroyff murabbiylik qilgan davrda yuz bergan.

Aynan gollandiyalik mutaxassis g‘oyasiga  asosan, akademiyaning barcha guruhlari asosiy jamoa uslubida to‘p sura boshlagandi. Natijada tarbiyalanuvchilarning asosiy tarkibdan joy olishlari, uning uslubiga moslashishlari ancha osonlashdi. Akademiya murabbiylari oldiga «Jamoang g‘alaba qozondimi yoki mag‘lubiyatga uchradi?» emas, balki «Shogirdlaring qaysi uslubda o‘ynashdi?» qabilida savol qo‘yilardi.

Buni qarangki, Kroyffning 7 yillik faoliyatida La Masiyaning 32 nafar tarbiyalanuvchisi afsonaviy jamoada debyut qildi. Kroyff g‘oyalariga sodiq qolgan Lui van Gal esa  Xavi, Viktor Valdes, Karles Puyol va Andrea Inyesta kabi 14 nafar mahorat sohibini bosh jamoaga olib chiqdi. Frank Raykaard davriga kelib, Lionel Messi yetakchiligida 28 nafar tarbiyalanuvchi katta futbolga qadam qo‘ydi.

«Real» o‘z tarkibini dunyoning turli burchaklaridagi iqtidorlar bilan to‘ldiradi. Biz esa shaxsiy maktabimiz - La Masiyaga egamiz»,-degandi Kroyff davrida yorqin yulduzlardan biri sanalgan katta Serxi Roberto. Ispaniya termasi safida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan o‘yinchi 2007 yili o‘rinbosarlar jamoasini murabbiy sifatida qabul qilib oldi. Bu payt «Barselona B» 4-divizionga «qulagandi».

Ammo jamoani inqirozdan olib chiqish Xosep Gvardiola chekiga tushdi. U butun tarkibni tarqatib yuborib, 21 yoshdan katta o‘yinchilardan yangi jamoa tuzdi. Ushbu keskin chora o‘z samarasini berdi - yoshlar o‘rtasida raqobat kuchaydi, jamoaviy mas’uliyat oshdi, hamjihatlik talab darajasiga ko‘tarildi. Shu tariqa jamoa 3-divizionga chiqdi. Joan Laporta esa vaqtni boy bermay, Gvardiolani yuqori lavozimga taklif etdi.

Shu tariqa Pep 2008|2009 yillar mavsumini «Barselona» bosh murabbiyi sifatida boshladi. Eng muhimi, u 4 yil davomida naq 28 nafar tarbiyalanuvchi uchun bosh jamoaga yo‘l ochdi.

Iqtidorlar yo‘qmi yoki tizim nosoz? Taajjubki, futbol olamiga «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi va jahon hamda Yevropa chempionlarini yetkazib bergan akademiya kutilmaganda oqsay boshladi. Salbiy o‘zgarishlar 2010 yili klub prezidenti lavozimiga Sandro Rossel kelganidan keyin yaqqol sezildi.

Gap shundaki, u rahbarlik tizimi, jumladan, akademiya boshqaruvida ham ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan, yosh futbolchilarni tayyorlash jarayonida natija birinchi o‘ringa qo‘yildi. Xosep Bartomeu davrida ham vaziyat o‘zgarmadi - «Barselona B» asta-sekin Kroyff g‘oyalaridan chekindi. Achinarlisi, natija uchun to‘p surish illati asosiy jamoaga ham yuqdi. Deylik, rahbariyat qudratli raqiblarga qarshi murosasiz raqobatda bosh murabbiyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. E’tibor bersak, jamoaning 2000 yilgi «oltin» tarkibi cho‘qqi sari bosqichma-bosqich ko‘tarilgandi.

Masalan, Xavi 1998 yili, Puyol 1999 yili, Inyesta 2002 yili va Messi 2004 yili debyutlarini nishonlashgandi. Ular dastlabki ulkan finalni 2006 yili qayd etishgan. 2008-2012 yillar oralig‘i esa chinakam serhosil davr bo‘ldi.

«Barsa» oxirgi yillarda o‘z falsafasidan voz kechmoqda. Avvallari faqat La Masiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoaga tayanish mumkin edi. Hozir buning sira iloji yo‘q» - vaqtida akademiyada tahsil olgan, endi «Chelsi» sharafini himoya qilayotgan Pedro fikriga e’tiroz bildirish qiyin.

Bugungi sharoitda yoshlarning asosiy jamoa talablariga javob beradigan saviyaga ko‘tarilishlarini kutib o‘tirishmaydi. Xullas, yosh futbolchilarda kelajakka ishtiyoq pasayib ketdi, ko‘pchilik Jordi Masip holiga tushib qolmaslik uchun boshqa jamoalarga o‘tib ketmoqda.

Bu futbolchi 15 yoshida La Masiyaga kelib, 20 yoshida «Barselona B» tarkibida maydonga tushgandi. Yana 5 yildan so‘ng esa asosiy tarkibning uchinchi darvozaboniga aylandi. Lekin keyingi 3 mavsum davomida atigi 4 marta maydonga tushgach, erkin agent sifatida klub bilan xayrlashib qo‘ya qoldi.

Endi jumboqli sarlavhadagi «11» va «1» raqami xususida: 2017 yili 19 fevral kuni «Leganes»ga qarshi maydonga tushgan Kataloniya grandi safida bor-yo‘g‘i 1 nafar mahalliy futbolchi - Serxi Roberto to‘p surdi. U 3 nafar fransiyalik, ikki nafar braziliyalik va Germaniya, Xorvatiya, Portugaliya, Argentina hamda Urugvayning bir nafardan vakili qurshovida edi. Endi 2012 yilgi holat bilan taqqoslay ko‘ravering...

Valverde. Yangi bosh murabbiy Ernesto Valverde yoshlarga katta e’tibor qaratishi bilan nom qozongan. U xususan, «Barselona B» ko‘magiga tayanishini ta’kidlab, mavsumoldi tayyorgarligini asosiy tarkibda o‘tkazadigan o‘rinbosarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Deylik, Marlon, Serji Palensiya, Mark Kukurelya kabi yigitlarni «asosiy»ga jalb etdi.

Yana La Masiyaning eng yorqin iqtidori hisoblangan Karles Alenya, Masip o‘rnini egallagan Adrian Ortola kabi o‘yinchilarga ham katta umid bog‘lamoqda. Qisqasi, akademiya hozirda ham risoladagidek faoliyat yuritmoqda aslida.

Uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish ko‘p jihatdan asosiy jamoa bosh murabbiyiga bog‘liq. Valverde bu ishni nechog‘li o‘rniga qo‘ya olishini esa vaqt ko‘rsatadi. Agar u hammasini talab darajasida bajarsa, nafaqat o‘z jamoasi, balki La Masiyaning ham boy berilgan nufuzini tiklaydi!

Fakt. 2010 yili Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, JAR mundialining hal qiluvchi bahsi (Gollandiya termasiga qarshi)da «qizil furiya»ning boshlang‘ich tarkibida La Masiyaning 6 nafar tarbiyalanuvchisi maydonga tushgandi - Jerar Pike, Karles Puyol, Serxio Buskets, Andres Inyesta, Xavi va Pedro. Qolaversa, yagona gol Inyesta hisobiga yozilgandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:12, 09.08.2017.
O'qildi: 5145 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.