Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Maqsud Ochilov dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Maqsud Ochilov dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Chili poytaxti Santyagoda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-18) jahon chempionati boshlandi.

13 avgustga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada dunyoning 64 mamlakatidan 428 nafar dzyudochi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Jahon chempionatining dastlabki kunida -50 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Maqsud Ochilov finalga qadar avstraliyalik Keyn Styuart, vengriyalik Fechko Sanad, turkiyalik Ejder Toktaylar ustidan zafar quchib, jahon chempionligi hal bo‘ladigan bahsga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi bellashuvda esa hamyurtimizga braziliyalik dzyudochi Aldi de Oliveyra raqib bo‘ldi. Keskin kurashlar ostida o‘tgan mazkur qarama qarshilik Oliveyra foydasiga hal bo‘ldi va braziliklik sportchi jahon chempioniga aylandi. Maqsud Ochilov esa kumush medali bilan cheklandi. Muhimi sportchilarimiz jahon chempionatining ilk kunida kumush medalini qo‘lga kiritib, musobaqani ko‘tarinki kayfiyatda boshlab olishdi. Asosiy kurashlar esa hali oldinda.

Ushbu yosh toifasidagi jahon chempionati beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bo‘lib, uning birinchisiga 2009 yilda Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan, keyingi uch jahon chempionatlari Kiyev (2011 y.), Mayami (2013 y.) va Sarayevo (2015 y.) shaharlarida bo‘lib o‘tgan. Yoshlar o‘rtasidagi V jahon chempionatini esa guvohi bo‘lganingizdek Santyago shahri o‘zida qabul qilmoqda. Ana shu tariqa dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati ilk marotaba Janubiy Amerika qit’asiga, hususan Chili davlatiga yetib keldi.

Bugun qizlar o‘rtasida -48 kg. va -52 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazilsa, yigitlar -60 kg. va -66 kg. vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Eslatib o‘tamiz, musobaqa 13 avgustga qadar davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:46, 10.08.2017.
O'qildi: 2898 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик