Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

UZREPORT TV va FUTBOL TV yangi mavsum futbol o‘yinlari translyasiyasini boshlamoqda

UZREPORT TV va FUTBOL TV yangi mavsum futbol o‘yinlari translyasiyasini boshlamoqda

Baho:
+1 | -

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari Yevropa qit’asida start olayotgan eng tomoshabop chempionatlarning eng qiziqarli uchrashuvlarini namoyish etadi. Jumladan, siz Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya chempionati (La Liga) translyasiyalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Yevropa chempionlar Ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Xabaringiz bor, Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan UYEFA chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 12 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikasion bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari UYEFA chempionlar ligasi so‘nggi kvalifikasiya bosqichining pley-off o‘yinlarini jonli efirda namoyish qiladi. 15-16 avgustda dastlabki pley-off o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 22-23 avgust kunlariga belgilangan.

Shuningdek, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi ham telekanalimizda jonli efirda namoyish etiladi.

Yevropa Ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: FUTBOL TV

Yevropaning klublar o‘rtasidagi nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi futbol turniri bo‘lgan Yevropa ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 14 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikasion bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

25 avgust kuni Yevropa ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. FUTBOL TV telekanali mazkur marosimni jonli efirda namoyish qiladi.

14 sentyabrdan esa telekanalimizda Yevropa ligasi guruh uchrashuvlarining translyasiyasi boshlanadi.

Angliya Premyer-ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Futbol bo‘yicha dunyodagi eng tomoshabop chempionatlardan biri bo‘lgan Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi. 12 avgust kuni Premyer-liganing 2017/18 yilgi mavsumiga start beriladi.

Butun dunyodagi muxlislar kabi, yurtimizdagi ishqibozlar ham Angliya Premyer-ligasi boshlanishini intiqlik bilan kutishayotgani aniq.

Telekanallar Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini 12 avgustdan, ya’ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.

Ispaniya chempionati

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Dunyoning eng boy, eng sovrindor va eng mashhur ikki klubi - Real Madrid va Barselona ishtirok etadigan Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi. 19 avgust kuni La liganing 2017/18 yilgi mavsumiga start beriladi.

Telekanallar Ispaniya chempionati uchrashuvlarini 19 avgustdan, ya’ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.

Muxlislar e’tiboriga mavsum davomida La ligadan o‘rin olgan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar, Ispaniya chempionatining har bir turida kiritiladigan barcha gollar to‘liq hajmda, yuqori sifatda taqdim etiladi.

Shu bilan birga, butun dunyodagi milliardlab muxlislarni o‘ziga qaratadigan Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan ikkita "El klasiko" bahslari ham jonli efirda namoyish qilinadi.

* Muxlislarga eslatib o‘tamiz, ayni damda FUTBOL TV telekanalini O‘zbekiston Kabel televideniyasi, DVB-T2 formatidagi “UzDigital TV” televizion tarmoqlarida, shuningdek, provayderlarning IPTV hizmati foydalanuvchilari tomosha qilishlari mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:34, 11.08.2017.
O'qildi: 16696 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.