Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» futbolchisi Arbeloadan ortiq uni bezovta qilmasligini so‘radi

«Real» futbolchisi Arbeloadan ortiq uni bezovta qilmasligini so‘radi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalyos o‘rtasida ochiqchasiga nizo kelib chiqdi. Ta’kidlanishicha, o‘zaro suhbat futbolchining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Insayderlarning ta’kidlashicha, Sebalyos bosh murabbiyga ular o‘rtasida shaxsiy muammolar borligini aytgan va bundan keyin u bilan muloqot qilmaslikni so‘ragan. Yarim himoyachining «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi, biroq Sebalyos shu yozda klubni tark etmoqchi.

Klub rahbariyati Arbeloaning pozisiyasini qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda. «Real» mutasaddilarining fikricha, Sebalyos joriy mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganini oqlash uchun ataylab shunday nizoli vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Kiritildi: 22:51, 01.05.2026.
O'qildi: 6971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик