"Yuventus" klubining yangi a’zolari Federiko Bernardeski va Voysex Shchensni Italiya superkubogi bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Football Italia xabariga ko‘ra, futbolchilarning transferi A seriya qarorgohida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Bunga klub tomonidan pullarni o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab bo‘lishi mumkin.
Endi Bernardeski va Shchensni "Lasio"ga qarshi Superkubok bahsida maydonga tushmaydi.