Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ernesto Valverde: «Shuni bilamanki, Paulinyo «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi»

Ernesto Valverde: «Shuni bilamanki, Paulinyo «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Real»ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya superkubogi bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Paulinyoning transferi borasida hech narsa bilmayman. Ko‘p futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o‘tishi borasida yozishadi. Bunday xabarlar 31 avgustga qadar davom etadi. Hozirda hech narsa yo‘q. Eng kamida meni bu haqida xabardor qilishmadi. Shuni bilamanki, Paulinyo ertaga «Real»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Dembele va Koutinyo? Men bu futbolchilarning jamoaga kelishi haqida hech narsa bilmayman. Men bundan xavotirda emasman. Shundoq ham ajoyib tarkibga egaman.

Neymarning ketish niyati borligi haqida bilardim. U menga aytgandi. O‘sha kuni bu haqda rasman e’lon qilishdi. Ko‘p gaplar bo‘ldi, qandaydir voqea yuz berishi kutilayotgani sezilgandi. Bir hafta ilgari futbolchilar buni men bilan muhokama qilishgandi. Ushbu transfer amalga oshishiga ishonchim komil emasdi. Ortga nazar tashlash shart emas.

Mayamidagi o‘yinni eslagan holda «Real»ga qarshi ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak emas. Ertaga butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart. «Real» yaxshi potensial va ajoyib zaxira tarkibiga ega jamoa. Klub yaqindagina UYEFA superkubogini qo‘lga kiritdi.

Men o‘zimiz amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan ishga e’tiborimni qaratganman. Muxlislarga quvonch ulashadigan jamoa bo‘lishni istaymiz», — dedi Valverde.

Avvalroq «Barselona» «Guanchjou Evergrand»ga 40 million yevro badal pulini to‘lab, Paulinyoni xarid qilayotgani haqida xabar tarqatilgandi.

«Real» va «Barselona» o‘rtasidagi Ispaniya superkubogining dastlabki o‘yini ertaga «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:23, 13.08.2017.
O'qildi: 9349 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик