Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ro‘zimboy Ahmedov: “G‘alabani raqibdan ko‘ra ko‘proq xohlagandik”

Ro‘zimboy Ahmedov: “G‘alabani raqibdan ko‘ra ko‘proq xohlagandik”

Baho:
+ | -

Jarohat sababli birinchi davraning asosiy qismini davolanish bilan o‘tkazgan hujumchi Ro‘zimboy Ahmedov yana maydonga qaytdi. “Qizilqum” bilan Namanganda o‘tgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchimiz hisobni ochishga erishdi. Jarohatdan keyin avvalgi sport formasini tiklab borayotgan Ahmedovning o‘yindagi harakatlari ko‘pchilikda iliq tassurot qoldirdi. Joriy yilgi mavsum arafasida bir necha yillik tanaffusdan keyin “Navbahor”ga qaytgan hujumchini chempionatdagi gollari hisobini ochishi muhimdir. Ahmedov mart oyi so‘nggida O‘zbekiston kubogining 1/16 finalida “Xorazm” darvozasini ikki bor nishonga olgandi. To‘rt oylik tanaffusdan keyin gol urgan Ro‘zimboy bilan “Qizilqum” bilan o‘yin yakuniga yetgach bir nechta savollarga javob oldik.

- Dastlab uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- O‘zingizga ma’lumki, oyog‘imda jarohat borligi sababli ikki-uch oy davomida maydonga tusha olmadim. Oyog‘imdagi gips olingach ancha qiynaldim. Shunga qaramay, mashg‘ulotlar davomida tinimsiz ravishda ishlab avvalgi sport formamni tiklashga harakat qilmoqdaman. Xudo xohlasa munosib tarzda to‘p surib, “Navbahor” yutuqlariga hissa qo‘shaman degan umiddaman. Bevosita “Qizilqum”ga qarshi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, uchrashuvga jiddiy tarzda o‘rganib chiqdik. Raqib o‘yinlari yozilgan disklarni tomosha qilib ularning o‘yin uslubini o‘rgandik. Maydonda oson bo‘lgani yo‘q. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz. Shunga qaramay, iroda ko‘rsatib oxirigacha kurashib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishni uddasidan chiqdik.
- Ma’lum tanaffusdan keyin maydonga qaytdingiz. O‘yinda harakat qilish oson bo‘lmagandir?
- Chindanam, bunga qadar sakkizta turni o‘tkazib yuborishimga to‘g‘ri keldi. Ancha vaqtdan beri o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganligim sababli oson bo‘lgani yo‘q. Qiyinchilikka duch kelsamda qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Asosiysi gol urishga erishdim. Keyingi uchrashuvlarga ham munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rib, yanada yaxshiroq tarzda to‘p surishga intilaman.
- Umuman olganda namoyish etgan o‘yiningizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Hech bir futbolchi o‘zining harakatlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmaydi. Shunday ekan o‘yinimdan ko‘nglim to‘lgani yo‘q. Hali kamchiliklar ko‘p. Hozircha o‘zimning optimal sport formamga kira olganimcha yo‘q. Sekin-asta bu kamchilikni bartaraf etgan holda murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.
- “Qizilqum” mehmonda o‘ynashiga qaramay jiddiy tarzda qarshilik ko‘rsatdi. Raqib o‘yini haqida qanday fikr bildirasiz?
- Barchaga ma’lumki, “Qizilqum” tarkibida ham uch-to‘rt nafar tajribali futbolchilar to‘p surishmoqda. Qolaversa, ular ancha vaqtdan beri bitta jamoa sharafini himoya qilib kelishmoqda. Navoiyliklar ham chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashishmoqda. Bugun ham raqibimiz ijobiy natijani qayd etish uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashishdi. Omadimiz chopib, g‘alabani qo‘lga kiritishni uddasidan chiqdik. Bundan tashqari, muxlislarni oldida yuzimizni yorug‘ bo‘lishi uchun g‘alaba qozonishni ulardan ko‘ra ko‘proq istaganimiz va borimizni berganimiz uchun g‘alaba biz tomonda bo‘ldi.
- Oldinda “Navbahor”ni Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi kechadigan “vodiy derbi”si kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yin haqida nimalar deya olasiz?
- Farg‘onada o‘tadigan uchrashuvda ham muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz. Albatta “Neftchi”ga qarshi Farg‘onadagi o‘yinda oson bo‘lmaydi. Ikkinchi davraning dastlabki ikki bahsida g‘alaba qozonganimiz bois ruhiy holatimiz a’lo darajada. O‘yindan-o‘yinga yanada yorqinroq tarzda to‘p surishni istaymiz. Shunday ekan Farg‘onadan ham faqat g‘alaba bilan qaytib, ishqibozlarimiz kayfiyatini ko‘tarinki bo‘lishini ta’minlashga harakat qilamiz. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:39, 14.08.2017.
O'qildi: 3047 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.