Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

“Real” — “Barselona”: 5:1 (3:1, 2:0)— “Barselona” fojiasining aybdorlari

“Real” — “Barselona”: 5:1 (3:1, 2:0)— “Barselona” fojiasining aybdorlari

Baho:
+1 | -

Bu galgi Ispaniya superkubogi har doimgidan-da kuilmagan  bo‘ldi. Chunki hech kim “Barselona”ning “Real”ga ikkala o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishini kutmagandi. Umumiy hisob 5:1 ko‘rinishini olishini esa taxmin ham qilishmagandi. Tom ma’noda mazkur holat “Barselona” uchun fojia bilan barobar bo‘ldi. Xo‘sh, bu fojianing asosiy aybdorlari kimlar?

ASOSIY AYBDOR — BARTOMEU

Albatta, jamoaning bunday kuchsizlanib qolishiga asosiy sababchi Bartomeudir. Birinchidan, u Neymarni umuman keraksiz vaziyatda sotib yubordi. Keraksiz deganimizning sababi shundaki, ayni damda “Barselona”da Neymarning o‘rnini bosa oladigan futbolchi yo‘q. Nafaqat “Barselona”da, balki butun Yevropada Neymardek o‘ynaydigan futbolchini topish mushkul. Ana shunday vaziyatda janob Bartomeu 222 mln yevroga oshiq bo‘ldi-yu, Neymarni sotdi. Bu transferni uning o‘zi ham xohladi, aks holda “PSJ” uni osongina qo‘lga kirita olmasdi. “Real” ga qarshi o‘yinda esa Neymarning o‘rni yaxshigina bilindi. Masalan, 11-daqiqada Suares to‘pni qanotdan uzatganida Andre Gomesh qulay vaziyatda sust harakat qildi. 63-daqiqada esa Messining ajoyib uzatmasini Roberto ko‘kka sovurdi. Vaholanki, Neymar bunday holatlarning ko‘pini golga aylantirgan.

Ikkinchidan, superkubokka qadar “Barselona” tuzukroq transferni amalga oshira olmadi. Agar Koutinyo, Dembele yoki Dibaladan birini xarid qilishga ulgurganida, ehtimol, bugun vaziyat boshqacha bo‘larmidi? “Barselona” harakat qildi-ku, demang, to‘g‘ri, urindi, ammo pulning betiga qaragan odamning ishi unmaydi, degan gap bor. Kataloniya rahbariyati ayni damda transfer bozorida biroz maydakashlik qilayotgandek.

IKKINCHI AYBDOR — VALVERDE

Janob Valverde, bu sizga “Atletik” emas degimiz keldi o‘yinni ko‘rib. Vaholanki, bosh murabbiy futbolchilarni ruhan tayyorlay olmagani o‘yin davomida yaqqol sezildi. Bugun “Barselona”da kerakli shijoatni ko‘rmadik. Aftidan, Valverde ham, futbolchilar ham sovrinni qo‘ldan chiqarishganiga allaqachon ishonib bo‘lishgandi. Bu esa Valverdening xatosi. Axir bu “Barselona”, “Atletik” emas, “Atletik” “Real”ni 3:1 yoki 3:0 ga yuta olmasligi mumkin, biroq “Barselona” yuta olardi, yutgan ham. Janob Valverde esa negadir futbolchilarga ana shu ruhni singdira olmagan ko‘rinadi. Axir bir necha yil faqat “Matiz” haydab yurib, mashina haydashni faqat “Matiz” bilan belgilashga o‘rgangan haydovchi to‘satdan “Lasetti”ga o‘tirib qolsa, dovdirashi bor gap. Valverde ham ayni damda mana shu haydovchining holatida. Janob Valverde, “Barselona” “Matiz”ga aylanib qolmasidan es-hushingizni yig‘ib oling.

Xullas, mavsum “Barselona” uchun juda-juda yomon boshlandi. Umid qilamizki, bu yog‘iga hammasi joyiga tushadi.

 Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:13, 17.08.2017.
O'qildi: 32758 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.