Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Guanchjou Evergrand" Paulinyo transferidan 26 mln yevro foyda qildi

"Guanchjou Evergrand" Paulinyo transferidan 26 mln yevro foyda qildi

Baho:
+ | -

Xitoy futbol klublari Yevropadan asosan yoshi o‘tgan futbolchilarni haddan tashqari katta pul evaziga sotib olmoqda.

«Guanchjou Evergrand» braziliyalik yarimhimoyachi Paulinyoni Yevropadan sotib olganidan ko‘ra qimmatroqqa pullashga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘i, xaridor — Yevropadan. Bo‘lganda ham — «Barselona».

«Barselona»ning mazkur xaridi ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq. Birinchidan, Paulinyo 29 yoshda. Ikkinchidan, uning Yevropadagi avvalgi faoliyatini muvaffaqiyatli deb atash qiyin: u 2013 yil yozida bo‘lajak superyulduz sifatida Londonga ko‘chib o‘tgan, biroq yaxshi chiqmagan ikki mavsumdan so‘ng, Xitoyga ketgan —faoliyatini qariyb yakunlash uchun. Paulinyo Braziliya terma jamoasida 40 tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan, jumladan, Jahon chempionatida ham o‘ynagan, biroq u klub darajasida hatto Yevropa Chempionlar Ligasida ham o‘yin o‘tkazmagan.

Uchinchidan, Paulinyo «‘Barselona’ yarim himoyachisi» degan tasavvurga unchalik mos tushmaydi. Bu braziliyalik kuchga asoslangan o‘yin ko‘rsatishni, to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tish, uzoq masofalardan darvozaga zarba berishni ma’qul ko‘radi, biroq qisqa to‘p uzatishlarga asoslangan o‘yin ustasi emas. Boz ustiga, «Barselona» markaziy yarim himoyasida «Qani endi bir imkoniyat berilsa edi!» deb, payt poylayotgan klubning o‘z tarbiyalanuvchilari ham bor.

Biroq transfer amalga oshib bo‘ldi. «Barselona» ko‘pdan beri Paulinyoga qiziqib kelayotgan va yoz boshida futbolchi uchun taxminan 20 million taklif qilgan edi. Biroq «Guanchjou Evergrand» bunga rozi bo‘lmadi va kataloniyaliklar tovon pulini to‘liq to‘lashga majbur bo‘ldi. «Paulinyo — a’lo darajadagi futbolchi, — deydi «Guanchjou Evergrand» bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari. — Uning uchun ‘Barselona’ tomonidan katta pul to‘langani klubimiz uchun ham sharafdir».

«Bu ‘Evergrand’ uchun yo‘qotish, biroq Xitoy futboli uchun yutuq, — deya qo‘shimcha qildi «Shanxay SIPG»da Odil Ahmedovga ustozlik qiladigan Andre Villash-Boash. — Bu jahonning eng zo‘r futbol klublari Xitoy chempionatini kuzatib borayotganiga dalildir».

Endi kimdir Paulinyoni sotib olishni istasa, «Barselona»ga 120 million yevro to‘lashi lozim. Bunday variant esa «PSJ»ni qiziqtirmaydi, deb taxmin qilish qiyin emas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:34, 17.08.2017.
O'qildi: 5367 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.