Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

“Barselona” futbolchilari teraktni qoralab chiqdilar

“Barselona” futbolchilari teraktni qoralab chiqdilar

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, 17 avgust kuni Ispaniyaning Barselona shahrida sodir etilgan mudhish terakt oqibatida yuz kishi jarohatlangan, yana o‘n uch nafari qurbon bo‘lgan.
 
Shu munosabat bilan Kataloniyaning “Barselona” futbol jamoasi a’zolari bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
 
Lionel Messi: Barselonada sodir etilgan terrorchilik hurujida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman. Men zo‘ravonlikning  har qanday ko‘rinishiga qarshiman. Zero biz boshqalardan nafratlanmaymiz, aksincha bir-birimizni hurmat qilgan holda tinch hayot kechirishni istaymiz.
 
Andres Inyesta: Yashirmayman, bo‘lib o‘tgan voqealar menga yomon ta’sir qildi. Shunga qaramay shahar aholisi bunday qayg‘uli damlarda bir-birini qo‘llashi juda muhim. Shu jumladan, men ham doimo Barselona ahli bilan birga ekanligimni aytmoqchiman.
                            
Luis Suares: Albatta, bu hammamiz uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Men fursatdan foydalanib terakt oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimni bildiraman.  
 
Ivan Rakitich: O‘ylaymanki, ushbu terakt nafaqat ispaniyaliklarni balki butun dunyo ahlini chuqur qayg‘uga soldi. Men Barselona bilan birgaman, men unga hamdardman.
 
Shuningdek, “Barselona” futbol jamoasining endilikda sobiq o‘yinchisiga aylangan Neymar ham “Tvitter”dagi  sahifasi orqali o‘z munosabatini bildirdi.   “Jabrlanganlarning yaqinlariga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin. Barselona uchun doim qayg‘uraman. Barselona - seni sevaman.” – deb yozadi Neymar.    
 
Eslatib o‘tamiz, sodir etilgan teraktlar qurbonlari xotirasi uchun Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi. 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 16:48, 18.08.2017.
O'qildi: 6004 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.