Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz jahon chempionatiga jo‘nab ketdi

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz jahon chempionatiga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Avgustning 21-26 kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning yuzdan ziyod davlatlaridan polvonlar ishtirok etadigan yilning eng muhim musobaqasida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘oliblari, turli nufuzli musobaqalar sovrindorlari gilamga chiqishadi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini 11 nafar polvonimiz himoya qiladi. Ularning beshtasi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz tarkibiga jalb etilgan bo‘lsa, olti nafar hamyurtlarimiz erkin kurash bo‘yicha musobaqalarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

21 avgustda birinchi bo‘lib yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar boshlanadi. Tajribali murabbiylar Komil Fatkulin va Ravshan Ro‘ziqulov boshchiligidagi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz bugun Parijga jo‘nab ketdi. Jahon chempionatida Feruz To‘xtayev (59 kg), Elmurod Tasmurodov (66 kg), Aram Vardanyan (71 kg), Rustam Assakalov (98 kg) va Mo‘min Abdullayev (130 kg) lar yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz esa Fransiya poytaxtiga 22 avgust sanasida yo‘l oladi. Ular musobaqani 24 avgustdan boshlashadi. Tarkibdan Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) joy olgan. Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizga Olim Hikmatov va Aleksandr Nedorezovlar ustozlik qilishadi.

Biz jahon chempionatida ishtirok etadigan polvonlarimizga omad va zafarlar tilab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlariga umid bildirib qolamiz.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:25, 18.08.2017.
O'qildi: 3187 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.