Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ro‘ziqul Berdiyev: “Imkoniyatlardan foydalana olmadik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Imkoniyatlardan foydalana olmadik”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Bugun jamoamiz ikki bo‘limda ikki xil o‘yin namoyish etdi. O‘zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. “Bunyodkor” jamoasi bugun yaxshi himoyalandi. Qolaversa, bugun omad ham bizdan yuz ugurdi. Hatto bir metrdan ham darvozaga ura olmadik. Ammo yigitlarga e’tirozim yo‘q. Bugun ular g‘alaba uchun maydonga tushishgandi. Albatta gol urmasdan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Keyingi mag‘lubiyatlardan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bu ruhiy holatdan tezda chiqib ketishimiz kerak. Endi bor e’tiborimizni shunga qaratamiz", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:18, 19.08.2017.
O'qildi: 4983 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик