«Paxtakor» jamoasi 11 avgust kuni OFK Chempionlar ligasi Elit musobaqasi saralashi doirasida Iordaniyaning «Al Husayn» klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvni Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OFK Chempionlar ligasi Elit. Saralash bosqichi
«Paxtakor» (O‘zbekiston) – «Al Husayn» (Iordaniya)
- Bosh hakam: Kim Vusong (Koreya Respublikasi)
- Yordamchi hakamlar: Jang Jongpil, Chon Jinhi (ikkalasi ham — Koreya Respublikasi)
- To‘rtinchi rasmiy: Chxe Sanxyop (Koreya Respublikasi)
- Hakamlar nazoratchisi: Hakan Anaz (Avstraliya)
- Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)













