Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Real" Vinisiusga yangi taklif bilan chiqdi: futbolchida uchta variant bor

"Real" Vinisiusga yangi taklif bilan chiqdi: futbolchida uchta variant bor

Baho:
+-1 | -

OAVda "Real Madrid" va Vinisius Junior o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi haqida xabarlar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Muzokaralar chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. The Athletic nashrining so‘nggi muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, "Real Madrid" Vinisiusga yangi taklif bilan chiqdi.

Manba "Real Madrid" Vinisiusga qancha maosh taklif qilganini aniq aytmadi. Biroq, taklif braziliyalik futbolchining klub va sport loyihasi uchun ahamiyatini aks ettirishi ta’kidlandi.

Endi 26 yoshli Vinisiusning uchta varianti bor: shartnomasini uzaytirish, 2026/27 yilgi mavsumda o‘ynash va erkin agentga aylanish yoki shu yozda "Arsenal"ga o‘tish.

Avvalroq OAVda "Real Madrid" Vinisiusga har mavsum uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor emasligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 22:24, 05.08.2026.
O'qildi: 3185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик