"Yuventus" bosh murabiyi Massimiliano Allegri "Kalyari"ga (3:0) qarshi A seriya 1-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini aytdi.
"Birinchi bo‘limda videohakamning yordami bilan darvozamizga penalti belgilandi. Yaxshiyamki, bizda dunyoning eng yaxshi darvozaboni Buffon bor. U barcha muammolarimizni hal qilishga qodir.
Videohakamlarga ko‘nikish uchun esa vaqt kerak.
Penalti qaytarilgach, o‘yin nazoratini qo‘lga oldik va yirik hisobda g‘alaba qozondik. Umuman olganda, hujumda ham, himoyada ham yaxshi o‘ynadik" - dedi Allegri Goal xabarida.