Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Husniddin G‘ofurov: "Raqobat kuchli, demak, qattiq ishlashim kerak"

Husniddin G‘ofurov: "Raqobat kuchli, demak, qattiq ishlashim kerak"

Baho:
+ | -

Serbiya chempionatida to‘p surayotgan Husniddin G‘ofurov 4-yilga kelib, jamoasini o‘zgartirdi. Aniqroq aytsak, milliy jamoamizga nomzod yarim himoyachi «Yavor»dan «Mladost» safiga ko‘chib o‘tdi.

Xo‘sh, nima uchun? 23 yoshli futbolchi bilan suhbatimizda aynan shu savol ham o‘rtaga tashlandi.

- Husniddin, yozgi tanaffus chog‘i boshqa jamoa safiga qo‘shildingiz. Yangi joyga moslashish jarayonida qiynalmayapsizmi?

- Aslida «Yavor»dan ketishim oson bo‘lmadi. Negaki, bir necha yil shu jamoa libosida maydonga tushdim. Shaharga ham, klub muxlislariga ham ancha o‘rganib qolgandim. Lekin faoliyatimda o‘zgarish yasaydigan payt kelgandi. 

Ichki sezgimi yoki shunga o‘xshash tuyg‘u yangi davr boshlashga undayotgandek bo‘laverdi.  Bu orada bir qator jamoalardan chorlov oldim va yakunda «Mladost Luchani» taklifini qabul qildim. Yangi klubda meni barcha yaxshi kutib oldi. Mana, sekin-asta jamoadoshlarim bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham til topishyapman. Noliydigan holat yo‘q.

- Xususan, til borasida  muammo bo‘lmasa kerak, har holda, anchadan buyon Serbiyadasiz...

- Xuddi shunday. «Yavor»da o‘ynaganimdayoq serb tilini yaxshi o‘rganib olgandim. Hozir mahalliy tilda bemalol muloqot qilaman va jamoadoshlarim bilan suhbatlashish yoki murabbiy ko‘rsatmalarini anglashda hech qanday muammo sezilmayapti.

- «Mladost» mavsumni Yevropa Ligasi saralash bosqichidan boshladi. Ammo turnir jamoangiz uchun erta tugadi.

- Afsuski, urinishimiz muvaffaqiyatli chiqmadi. Qolaversa, omad ham bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Ayniqsa, o‘z maydonimizda kechgan bahsda.  Aslida gol urish uchun raqib - Ozarbayjonning «Inter» klubidan ko‘ra, ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldik. Biroq yakunda keyingi bosqich yo‘llanmasi raqibga nasib etdi.

- Yaqinda Serbiya super-ligasi yangi mavsumiga ham start berildi. Ammo «Mladost» ichki chempionatni durang bilan boshladi...

- Ha, jamoamiz ilk turda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Aslida  uchrashuvda bemalol g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Biroq so‘nggi zarba yo‘llashdagi noaniqliklar 1 ochko bilan kifoyalanishimizga olib keldi.

Bu bilan hujumchilarni ayblamoqchi emasman. Shunchaki, mavsum starti qaysidir bir klub uchun og‘irroq bo‘ladi. Umid qilamanki, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, ishqibozlarimizni quvontiramiz, albatta.

- «Mladost» avvalgi mavsum chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlagandi. Jamoa bu yil o‘z natijasini yaxshilay olarmikan?

- Yangi mavsum arafasida «Mladost» tarkibiga bir qator saviyali o‘yinchilar qo‘shilishdi. Endi bir-birimizni tushunib olsak, bas. To‘g‘ri, buning uchun ma’lum vaqt kerak. Zero, «eskilar» va «yangilar»ning tezroq til topishib ketishlari juda muhim.

Nazarimda, jamoa mavsumni yanada yuqoriroq o‘rinda  yakunlash salohiyatiga ega. Yig‘ilgan tarkib shunday ishonch bag‘ishlamoqda. Muxlislar ham yuqori natija kutishmoqda.

- Ko‘rinishidan, jamoada raqobat ancha baland. Ilk o‘yinlarda zaxirada qoldingiz shu bilan bog‘liqmi yoki...?

- Birgina mening pozisiyam emas, har bir chiziq uchun 2-3 nafar iste’dodli futbolchi jalb etilgan. Muhimi, raqobat faqat jamoaga foyda keltiribgina qolmay, futbolchilarning o‘sishlari, o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlariga xizmat qiladi. Tabiiyki, ijobiy ma’nodagi chinakam kurash top-chempionatlarga yo‘l ochib beradi.

- Endi shaxsiy rejangizga ham to‘xtalsangiz. Yangi klubda oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ydingiz?

- Eng avvalo, «Mladost» asosiy tarkibidan muqim joy egallashim lozim. Mana, 23 yoshga to‘ldim. Futbolchi bu yoshda eng yaxshi o‘yinini namoyish etishi kerak. Shunday ekan, bor mahoratimni ishga solib, jamoa yutuqlariga munosib ulush qo‘shishni istayman.

«Yavor»da sovrin yutish nasib etmadi, bu kemtikni «Mladost» bilan to‘ldirishni niyat qilganman. Eng asosiysi, muxlislarimiz mavsum yakunida «Mladost»dan ham, mendan ham mamnun bo‘lishsa, bas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 21.08.2017.
O'qildi: 3900 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.