Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Erkin kurashchilar Jahon chempionatida ishtirok etadi

Erkin kurashchilar Jahon chempionatida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Fransiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Sport mavsumining eng nufuzli musobaqasida terma jamoamizning 11 nafar a’zosi ham ishtirok etmoqda. 18 avgust kuni delegasiyamizning birinchi qismi, aniqrog‘i yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz Fransiyaga jo‘nab ketgandi.

Bugun endi erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz ham Parijga yo‘l oldi. Olimjon Hikmatov va Aleksandr Nedorezovlar boshchiligidagi terma jamoamiz tarkibida Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) lar yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Bekzod Abdurahmonov Fransiyaga 15 avgustda yetib borgandi va mashg‘ulotlarni o‘sha yerda davom ettirmoqda. David Modzmanashvili esa Gruziyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yakunlab, to‘g‘ri Parijga uchadi. Terma jamoamizning qolgan to‘rt nafar a’zolari - Nodirjon Safarov, Ixtiyor Navro‘zov, Umidjon Ismanov va Magomed Ibragimovlar bugun Toshkent-Parij yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi.

Erkin kurash bo‘yicha musobaqalar 24 avgustdan boshlanadi. Ungacha esa jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Biz hamyurtlarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:15, 22.08.2017.
O'qildi: 2944 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик