“Liverpul” klubi yarimhimoyachisi Jordan Henderson “HoffenHaym” ustidan qozonilgan g‘alaba (4:2) haqida fikr bildirdi.
“Ajoyib kecha va stadiondagi ajoyib muhit. O‘yinni yaxshi boshladik va 90 daqiqa ko‘ngildagidek harakatlandik. To‘g‘ri, 2 ta gol o‘tkazib yubordik bu xatolar ustida kelajakda ishlashimiz kerak.
Lekin eng asosiysi biz Chempionlar ligasiga qaytdik. “Liverpul” ushbu musobaqada qatnashishga haqli" - dedi Henderson.