Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

J.Koreya oktyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun raqib qidirmoqda

J.Koreya oktyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun raqib qidirmoqda

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi oktyabr oyida 2ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish uchun raqiblar qidirmoqda.

"Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida UYEFA terma jamoalari JCH-2018 saralash o‘yinlarini o‘tkazadi. Shu bois, Yevropa jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish qiyin bo‘ladi. Shu bois, bu vaqtda Janubiy Koreya terma jamoasi Afrika jamoalari bilan to‘qnash kelsa kerak", - dedi KFA vakili.

Koreyaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa, oktyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin. Aks holda, ularda bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Boisi, J.Koreya saralash bosqichida 3-o‘rinni egallasa, oktyabr oyida JCH-2018 yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida ishtirok etishga majbur bo‘ladi.

Koreya terma jamoasi hozirda guruhda 13 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston esa ulardan 1 ochko kam jamg‘argan holda, 3-o‘rinni band etib turibdi. J.Koreya 31 avgust kuni o‘z uyida Eronni qabul qilsa, oradan 5 kun o‘tib Toshkentda O‘zbekiston mehmoni bo‘ladi.

Osiyodagi saralash bosqichida guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalar oktyabr oyida o‘zaro pley-off bosqichida ishtirok etishadi. G‘olib chiqqan jamoa noyabr oyida KONKAKAF mintaqasi vakili bilan JCH yo‘llanmasi uchun pley-off shaklida to‘qnash keladi.

Manba: yonhapnews.co.kr
Kiritildi: 11:50, 25.08.2017.
O'qildi: 6455 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик