Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Odil Ahmedov Ronaldu bilan uchrashuvi haqida nima deydi?

Odil Ahmedov Ronaldu bilan uchrashuvi haqida nima deydi?

Baho:
+ | -

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Rossiyaning «8 news» internet saytiga intervyu berdi. Unda Odil Xitoy chempionati, Shanxaydagi muxlislar va Xalk haqida gapirgan. Futbolchimizning aytishicha, Xitoydagi faoliyati yakuniga yetgach, O‘zbekistonga qaytib keladi. Bundan tashqari Odil Xitoyga Andre Villash-Boash sabab borganini ham aytgan.

VILLASH-BOASHNING QO‘NG‘IROG‘I
Albatta men «Krasnodar» ba’zasida o‘tirib, qachon Xitoy chempionatiga o‘taman deb o‘ylamagandim. Bir kuni menga Andre Villash-Boash telefon qildi va meni «Shanxay»ga taklif qildi. Klubdagi sharoitlar, Xitoy chempionati haqida gapirdi. Bunday yuqori darajadagi murabbiyning shaxsan o‘zi meni chaqirganidan faxrlandim. Aynan uning qo‘ng‘irog‘i hammasini hal qildi. Boshqa murabbiy bo‘lganida Xitoyga bormagan bo‘lardim.

«U MENGA RUSCHALAB KO‘RSATMA BERADI»
AVBda (Andre Villash-Boash) bitta falsafa bor – chempion bo‘lish. Uni jamoada hamma yaxshi ko‘radi. Anchadan buyon futbolchi va murabbiylar orasida bunaqa ajoyib munosabatni ko‘rmagan edim. U hech kimni ko‘pchilik oldida tanqid qilmaydi. Kimningdir xatosini bilsa, uning o‘ziga aytadi. Futbol borasida aytadigan bo‘lsam, Andre kuchli murabbiy. U har qanday raqibga qarshi alohida taktika o‘ylab topadi. Kerak bo‘lsa, to‘pni nazoarat qilamiz, yoki yopiq o‘yin qilamiz. Zarur vaqtda qarshi hujumda o‘ynaymiz. Murabbiyda har bir futbolchi uchun ko‘rsatma bor. Unda variantlar juda ko‘p. Villash-Boash professional va kichik narsalarga ham e’tibor beradi. Birinchi uchrashuvimizdayoq butun jamoa birga ovqatlanishi kerak ekanini aytgandi. O‘yindan oldin avtobusda telefondan foydalanishga ruxsat berdi. Aynan ruxsat berdi. Boshqa jamoalarda telefon ta’qiqlanadi. U ruscha ba’zi so‘zlarni eslab qolgan. Ba’zan ruscha gaplashib turamiz. O‘yin vaqti murabbiy ruschalab «To‘rt, uch, uch» yoki «To‘rt, bir, ikki» deb qoladi. Tushunamanki, u menga murojaat qilyapti. Natija uchun juda qayg‘uradi. Sizningcha, «Zenit»da uning omadi kelmadimi? Men bunday o‘ylamayman. Chunki «Zenit» u ketgach atigi uchinchi o‘rinni egalladi, Andre vaqtida esa peterburgliklar chempion bo‘lishgandi.

XALKNING XITOYDAGI O‘RNI

Davomi

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 16:40, 25.08.2017.
O'qildi: 28946 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.