Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya terma jamoasidagi o‘zgarishlarga nazar

Fransiya terma jamoasidagi o‘zgarishlarga nazar

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Deshamning saralash o‘yinlariga taklif qilgan futbolchilar ro‘yxati ba’zilarni xursand qilgan bo‘lsa, ba’zilarini xafa qilgani aniq. France Football nashri ushbu ro‘yxatga tayanib, omadli va omadsiz futbolchilarni tuzib chiqdi.

Omadlilar:

Nabil Fekir (“Lion”)
Terma jamoa libosida oxirgi marta to‘qqiz oy oldin maydonga tushgan futbolchining qaytishi kutilgan edi. Yoz boshida klub sardoriga aylangan, “Lion”ning yetakchi o‘yinchisi mavsum debyutini ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Uch gol va bir golli uzatmaga ega Nabil Fekir qaytadan “Lion” hujum chizig‘ining yetakchisiga aylandi. Milliy terma jamoada esa u hozircha afzalliklarga ega: Dide Desham hujum chizig‘ida ayni paytda unday iqtidorli boshqa hujumchiga ega emas.

Kingsli Koman (”Bavariya”)
Koman ancha paytdan buyon unutilib kelinayotgan edi. Oxirgi marta terma jamoa safiga o‘tgan yilning oktyabrida chaqirilgan edi. Terma jamoa libosida esa oxirgi marta o‘tgan yilning 10 iyulida “Evro-2016” finalida maydonga tushgan edi. So‘ngra jarohatlar girdobiga tushib qolgan 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmadi. Biroq “Bavariya”ning qanot hujumchisi sekinlik bilan bo‘lsada, o‘z o‘yinini qayta topib oldi. Yozgi mavsumoldi mashg‘ulotlarda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan Koman Bundesliganing ochilish o‘yinida ishtirok etdi. Uning pozisiyasidagi yuqori raqobatni hisobga olganda, Koman termada joker vazifasini bajarishi mumkin.

Stiv Mandanda (”Marsel”)
Yozgi mavsum oralig‘ida Fransiyaga, aniqrog‘i qadrdon jamoasi “Marsel”ga qaytgan 32 yoshli darvozabon “Kristal Pelas”dagi bir yillik omadsiz iahtirokidan so‘ng yana terma jamoaga qaytdi. Mandanda oxirgi marta o‘tgan yilning noyabr oyida terma jamoaga chaqirilgan edi. Ugo Lyorisning kuchli raqobatiga chidab o‘rgangan Mandanda terma jamoada yana 2- raqamli darvozabon vazifasini o‘tashi hammaga birday ma’lum. Biroq, «PSJ»ning kuchayib borayotgan darvozaboni Alfons Areola bilan raqobatda yutib chiqishi kerak bo‘ladi.

Presnel Kimpembe (”PSJ”)
Uning qayta tarkibda bo‘lishidan hayratlanish shart emas. 22 yoshli himoyachi allaqachon terma jamoada o‘z o‘rnini topib olgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida terma jamoa safida debyutini o‘tkazgan markaziy himoyachi o‘shandan buyon faqat bir marta terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yubordi. U ham bo‘lsa Fransiya o‘smirlar terma jamoasidagi ishtiroki sababli. «PSJ»ning yosh va iqtidorli a’zosi hali beri asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la olmaydi. Boisi Varan – Koselni himoya juftligi ancha mustahkam ko‘rinish olgan. Biroq, yaqin kelajakda uning ham davri kelishi kutilmoqda.

Omadsizlar:

Antoni Marsyal (”Manchester Yunayted”)
Mavsum debyutidagi ishonchli o‘yinlariga qaramay, Marsyal bu safar chetda qolib ketdi. Hujumchi oxirgi marta 2016 yil 10 oktyabrida Gollandiya termasiga qarshi terma jamoa safida maydonga tushgan edi. Bu safar bosh murabbiy Marsyalning o‘rniga Komanni afzal ko‘rdi.

Benua Kostil (”Bordo”)
U yoki Areola! Bosh murabbiy oldida 3 raqamli darvozabon masalasida yuqoridagi tanlov bor edi. Stiv Mandandaning Fransiyaga qaytishi Kostil va Areolaning ishini qiyinlashtirib yubordi. Hozircha DD (Dide Desham) «PSJ» vakilini tanladi. Agarda Areola o‘tgan mavsumdagi kabi notekis mavsumni o‘tkazadigan bo‘lsa, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Kostilning o‘ynashi ehtimoli yuqoriroq.

Mussa Sissoko (”Tottenxem”)
Mussa Sissoko Desham jamoasidagi o‘rni mustahkam emasdi. «Taqachilar» a’zosi Premer Liganing dastlabki ikki turida maydonga tushganiga qaramay, o‘tgan yilgi mavsumni deyarli o‘tkazib yubordi. Unga o‘z o‘yinini qayta topib olishi talab etiladi. Faqat “Tottenxem”da emas.

Usmon Dembele (”Borussiya Dortmund”)
Mashg‘ulotlar, musobaqalarda ishtirok etmayapsanmi, demak terma jamoa eshiklari ham yopiq. Bu ta’rif aynan Dembelega tegishli. Mantiqan, Desham Usmonni tanlamaslikka qaror qildi. “Borussiya Dortmund” a’zosi “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi cho‘zilayotganligi bois, jamoadoshlari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tashdan bosh tortib yuribdi. Bu safargi terma jamoa o‘yinlarida ishtirok etmaydigan Dembele yashil maydonga qaytgach barchasi iziga tushib ketishi aniq.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:06, 25.08.2017.
O'qildi: 7375 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.