Oliy liganing 19-turi doirasida "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Umuman olganda, vodiy derbisi nomini olgan o‘yinlar shiddatli va qiziqarli tarzda o‘tishi hech kimga sir emas. Ushbu bahs ham oldingi derbichlardan qolishmadi.
Uchrashuvdagi birinchi hujumni "Neftchi" futbolchilari tashkil etishdi. 7-daqiqada uchrashuvda mezbonlar hisobni ochishdi. Qo‘qonliklarning ajoyib kombinasiyasini Nosir Otaqo‘ziyev golga aylantirdi. Nosirbek birinchi davradagi uchrashuvda ham "Neftchi" darvozasiga to‘p kiritgandi. 12-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishgandi. Mamazulumov birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 17-daqiqada darvozamiz oldida xavfli vaziyat vujudga keldi. Ashurov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
28-daqiqa qo‘qonliklar xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. So‘nggi pallada Yusupov to‘pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Shundan keyin ikki daqiqa ichida mezbonlar yana ikkita qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Biroq omad o‘sha vaziyatlarda farg‘onaliklarga kulib boqdi. 32-daqiqada Suhrob Berdiyevning zarbasini “Neftchi” posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda tugadi.
Ikkinchi taymni ham No‘’mon Hasanov shogirdlari shiddatli tarzda boshlashdi. 55-daqiqada Mo‘ydin Mamazulumovning boshi bilan bergan zarbasi sal noaniq bo‘ldi. 66-daqiqada Mo‘ydin Mamazulumov jarima maydonchasi ichida boshi bilan aniq zarba berib hisobni tenglashtirdi. Oradan 2 daqiqa Nosir Otaqo‘ziyev burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi. 72-daqiqada Suhrob Berdiyev sheriklari boshlab bergan hujumni raqib darvozasini ishg‘ol etish bilan yakunladi, 3:1.
Uchrashuvning qolgan qismini ham yuqori saviyada o‘tkazgan "Qo‘qon-1912" jamoasi derbida ishonchli g‘alabaga erishishdi va ochkolar sonini 33 taga yetkazib olishdi.
Oliy liga, 19-tur
«Qo‘qon-1912” – “Neftchi” – 3:1 (1:0)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev – 6, 68, Suhrob Berdiyev – 72, - Mo‘ydin Mamazulumov – 66.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov (98. Xushnud Avilov-46), 9. Nosir Otaqo‘ziyev (11. Andrey Sidorov – 76), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas (14. Doniyor Hasanov – 63).
Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 5. Jalil Kimsanov, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 96. Muhammadanas Hasanov.
“Neftchi”: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Doston Tursunov, 4. Kamron Kapadze (44. Abror Ismoilov-78), 10. Mo‘ydin Mamazulumov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 19. Jasur Hasanov, 24. Abdujamol Isroilov (20. Dilyor Ermatov – 65), 32. Murod To‘ychiboyev, 33. Temur Hakimov, 71. Alisher Shog‘ulomov (99. Otabek Haydarov-65), 94. Bobur Yo‘ldoshev.
Zaxira: 16. Abdumavlon Abdujalilov, 23. Abdurahmon Ablulhaqov, 38, Karen Abramov, 70. Mansur Saidov.