Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol afsonalari faoliyatining ilk va so‘nggi lahzalari

Futbol afsonalari faoliyatining ilk va so‘nggi lahzalari

Baho:
+ | -

Futbol olami o‘z tarixida ne-ne yulduzlarni ko‘rmadi. Ammo ulardan ayrimlarigagina afsona maqomiga ko‘tarilish nasib etdi.

Demak, bugun shunday futbolchilarning professional darajadagi birinchi va oxirgi qadamlarini yodga olamiz. Ularning barchalari hammaga tanish...

*****

Paolo Maldini 1985 yilning 20 yanvar kuni «Milan» tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgandi. U debyut payti 16,5 yoshli o‘smircha edi. Keyinchalik Paolo xuddi abadiy o‘ynaydigandek tassurot qoldirdi, ammo oradan 25 mavsum (!) o‘tgach, ya’ni 2009 yilning may oyida futbolchilik bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi, baribir. Kichik Maldini bu vaqtda 41 yoshni urib qo‘ygandi, hisob.

*****

Bu yigit umuman qarimadi, go‘yo. Mana, Argentinaning «Talyeres» klubi tarkibida mavsum-1992|1993da tushgan surati qarang. Ha, Xavyer Zanetti «Inter»ning buyuk sardori. 1995-2014 yillar oralig‘ida Milan jamoasi sharafini munosib himoya qilgan argentinalik ham deyarli 41 yoshga to‘lishiga qadar barchasini talab darajasida bajardi.

*****

Italiya - sadoqat hududi. Franchesko Totti «Roma»da 1993 yili debyut qilgandi. Aytishlaricha, bunda Sinisha Mixaylovich muhim rol o‘ynagan ekan. «Chesko haqida ilk marta 90-yillar boshida eshitgandim. «Bre-shiya»ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizdan keyin esa murabbiydan Tottiga imkoniyat berishini so‘radim...»,-deya eslagandi serb. Xullas, ke-yinchalik «Rim imperatori» maqomini olgan 40 yoshli futbolchi oxirgi uchrashuvini yaqindagina - joriy yil may oyida o‘tkazdi.

*****

1992|1993 yillar mavsumi - Devid Bekxemning qoyilmaqom faoliyati boshlangan vaqt. U avvaliga «Manchester Yunayted» bilan yoshlar o‘rtasida chempion bo‘ldi, keyin Buyuk Britaniya futbolining bosh media-qahramoniga aylandi. To‘g‘ri, Beks butsalarini Manchester emas, Parijda mixga ildi - 2013 yilning may oyida.

*****

Bekxemdan sal avvalroq, 1992 yili «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida himoyachi - Gari Nevill ko‘rinish bera boshlagandi. Uning oxirgi o‘yini 2011 yilning yanvar oyiga to‘g‘ri keldi. Aslida Gari o‘ynashda davom etishni xohlagandi, biroq jarohati bunga yo‘l qo‘ymadi. Nevill endilikda - futbol televideniyesi yulduzi.

*****

O‘tgan asrning 90-yillarida ko‘zga tashlangan braziliyalik yigit? Ha, adashmadingiz, bu ehtimolki, futbol tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi Roberto Karlos. Uning faoliyati geografiyasi ajo-yib: 1991 yili «Union San-Juan» klubida boshlab, mavsum-2015da Hindistonda tugatdi. Bu orada esa Milan, Madrid, Istanbul va hattoki, Maxachqal’ada to‘p surdi.

*****

Mavsum-1994|1995. Pol Skoulz katta futbolga hujumchi sifatida kirib keldi, keyin esa maydon markazida duch kelgan raqiblarni «gangitish»ni o‘zlashtirdi. Mallasoch siymo faoliyatiga 2 marta nuqta qo‘ydi. Zero, 2011 yilning bahorida futboldan ketgandi, ammo ko‘p o‘tmay, «MYU» jarohatlar epidemiyasi tufayli qiyin ahvolga tushib qoldi. Natijada Pol ma’lum muddatli hordiqdan keyin butsalarini qayta kiyib, yordamga oshiqdi. Shu tariqa yana bir mavsum oliy darajada to‘p surib, faqat 2013 yilning bahoridagina futbol bilan xayrlashdi.

*****

16 yoshli Nikolya Anelka 1996 yilning fevralida ilk professional shartnomasini tuzib, «PSJ» a’zosiga aylandi. Oradan 1 yil o‘tmasdan Arsen Venger uning uchun 500 ming funt to‘ladi va yosh yigitcha «Arsenal» libosiga burgandi. Anelka ham xuddi Roberto Karlos kabi oxirgi qadamni Hindistonda qo‘ydi - 2015 yilning yozida.

****

Stiven Jerrard «Liverpul» tarkibiga mavsum-1998|1999da bosh suqdi. O‘sha payt maydon markazi yetakchisi - Jeymi Rednapp o‘rniga zaxiradan tushish bilan cheklanardi. To‘g‘ri, Stivi Ji bir safar o‘ng qanotda ham harakatlangan. «Liverpul» afsonasi oxirgi marta 2016 yilning avgustida maydonga tushdi. Bilasiz, u «qizillar» bilan xayrlashgach, ma’lum muddat AQSHda to‘p surdi.

*****

Karles Puyol «Barselona» safida ilk marta mavsum-1999|2000da maydonga tushdi. Bundan bir yilcha oldin esa «Malaga» tarkibini to‘ldirishi hech gap emasdi. U ozgina sabr qilib, juda to‘g‘ri yo‘l tutgan ekan. Chunonchi, Puyol «Barsa»da birdagina eng yaxshi debyut uchun ajratilgan sovrinni qo‘lga kiritdi, yana 4 yildan keyin esa jamoa sardori bo‘ldi. Karles samarali faoliyatini 2014 yilning bahorida tugatdi. Aslida u ham yanada ko‘proq o‘ynamoqchi edi, biroq jarohatlar va og‘riqlar...

*****

Filipp Lam «Bavariya»dagi debyutini 2002 yilning kuzida CHL doirasida «Lans»ga qarshi kechgan va hech narsani hal qilmaydigan o‘yinda nishonladi. Aytish qo‘rqinchli, ammo bu fakt: myunxenliklar o‘shanda guruhda oxirgi o‘rinni band etishgan, boz ustiga, 6ta o‘yinda atigi 2 ochko olishgandi. Lamning so‘nggi o‘yini esa joriy yil may oyida kuzatildi. Eng muhimi, u katta futboldan Germaniya chempioni va mamlakatning mavsum-2016|2017dagi eng yaxshi futbolchisi maqomi bilan ketdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 27.08.2017.
O'qildi: 13545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.