Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Reynders Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

Reynders Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Tijani Reynders jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning kutilmaganda iste’foga chiqqani va bu qarorning ortida turgan asl sabablar haqida gapirdi.

Ma’lumki, ispaniyalik mutaxassis shartnomasi yakunlanishiga hali bir yil vaqt bo‘lishiga qaramay, mavsum oxirida “Etihad”ni tark etishga qaror qilgan edi. Reyndersning fikricha, bunga ispaniyalik murabbiyning “shaharliklar” boshqaruvida o‘tkazgan o‘n yillik faoliyatidan so‘ng ruhan va jismonan charchagani sabab bo‘lgan.

“U juda talabchan murabbiy va futbol dahosidir. Uning qo‘l ostida bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p surganimdan ma’lum ma’noda afsusdaman. Biroq bu uning shaxsiy qarori edi”, — deya niderlandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi De Telegraaf nashri.

Yarim himoyachining ta’kidlashicha, Gvardiola o‘yin amaliyoti kamligidan yoki asosiy tarkibga kiritilmaganidan norozi bo‘ladigan futbolchilar bilan ishlashga ortiq kuch topa olmagan.

“10 yillik faoliyatdan so‘ng buni to‘g‘ri tushunish lozim, men uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Uni talabchan murabbiy deganimda faqat ijobiy ma’noni nazarda tutganman — Pep doimo o‘z jamoasidan maksimal natijani talab qilardi”, — deya qo‘shimcha qildi Reynders.

Kiritildi: 18:23, 30.05.2026.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик