Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Arshavin O‘zbekistonning JCHdagi imkoniyatlariga baho berdi

Arshavin O‘zbekistonning JCHdagi imkoniyatlariga baho berdi

Baho:
+ | -

«Zenit», «Arsenal» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Yozda O‘zbekiston terma jamoasidan nima kutyapsiz? Jahon chempionatiga chiqishning o‘zi ular uchun muvaffaqiyatmi yoki guruhdan ham chiqishi mumkinmi?

— Shubhasiz, ular uchun musobaqaga chiqishning o‘zi katta muvaffaqiyat. Biroq hozirgi formatda hatto guruhda uchinchi o‘rinni olgan jamoa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Shu bois, garchi O‘zbekiston men uchun Portugaliya va Kolumbiya bilan «o‘lim guruhi»da bo‘lsa-da (Kolumbiyani juda yuqori baholayman), menimcha, ular turnirning «qora oti» bo‘lishi mumkin. Kongo DR terma jamoasi ham ulardan darajasi bo‘yicha unchalik farq qiladi deb o‘ylamayman. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasining o‘yiniga borgandim, yigitlar menga yoqdi, Shomurodov juda yaxshi o‘ynadi. Ular — o‘ynaydigan jamoa.

Abduqodir Husanov umuman olganda bu mavsumda «Manchester Siti»ning eng yaxshi uch nafar futbolchisi safiga kirdi. Bu aqlbovar qilmas yutuq.

— Bu men uchun, albatta, yangilik bo‘ldi. Husanov «Man Siti»ga o‘tmagunicha, u kimligini bilmasdim. Uning u yerda o‘ynab ketishiga nisbatan shubha bilan qaragandim, lekin u juda zo‘r o‘ynamoqda, bunga nima ham deyish mumkin...

Uni katta futbolchi qilib Gvardiola «yasadi»mi?

— Menimcha, u o‘zini o‘zi «yasagan». Lekin u Gvardiolaning talablariga mos kelgani va murabbiy unga ishonganida Pepning ham hissasi bor, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, Husanov o‘zini o‘zi kashf qilgan, deb hisoblayman.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi «K» guruhida Portugaliya, Kongo DR va Kolumbiya bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 20:43, 30.05.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик