Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yangi mavsumni yangi murabbiy bilan boshlagan Ispaniya klublari

Yangi mavsumni yangi murabbiy bilan boshlagan Ispaniya klublari

Baho:
+ | -

Agar siz so‘nggi o‘n yil ichida «Real», «Barselona» yoki «Atletiko» emas, balki Ispaniyaning boshqa biror klubiga ishqibozlik qilsangiz, yoz dahshatli o‘tishi aniq.

Chunki shu faslda qaysidir grand jamoa yetakchi o‘yinchingizni olib qo‘yishi mumkin. Yangi mavsum arafasidagi qiziqarli fakt: La Liganing 8ta klubida bosh murabbiy almashdi. Yarmi bir ispan jamoasini boshqasiga almashtirgan bo‘lsa, ikki nafari bir yillik tanaffusdan so‘ng ishga qaytdi.

Xorijdan esa faqat birgina mutaxassis tashrif buyurdi. Demak, yangi mavsumda yangi ish joyidagi mutasaddilar va ishqibozlar ishonchini oqlashga astoydil kirishgan murabbiylar bilan tanishamiz.

Ernesto VALVERDE, «Barselona»

Kimning o‘rniga keldi? Luis Enrike Kataloniyada o‘tkazgan uch yil mobaynida ko‘plab sovrinlarga ega chiqdi, ammo yildan-yilga natijalar yomonlashaverdi. Debyut mavsumdagi ko‘rsatkich - barcha turnirlardagi muvaffaqiyatni saqlab qolish qiyin bo‘lsada, xatolar ustida ishlash masalasi cho‘chitardi. Bor e’tibor hujum chizig‘iga qaratilishi natijasida jamoaning boshqa pozisiyalari oqsay boshladi.

Tajriba: Valverde ikkinchi darajali jamoalarni ajoyib tarzda boshqargan. Ispaniyaning qaysi klubida ishlamasin, uning nomini ishqibozlar yorqin xotiralar bilan yodga olishadi. Bilbaoning «Atletik» jamoasini Marselo Byelsadan qabul qilib olgach, hamkasbi qoldirgan ishni oxiriga yetkazdi, o‘yinchilarning ruhiy holatini yaxshilab, keyingi to‘rt yilga poydevor qo‘ydi: chempionatda 4-7-5-7-o‘rinlar va muntazam ravishda yevrokuboklarga chiqish.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? Bask o‘lkasidan tashrif buyurgan mutaxassisning oldida mahoratli futbolchilarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, vazifasini eplay olmayotganlarni boshqa klubga o‘tkazish masalasi ko‘ndalang turibdi. Shuningdek, Messi, Suares va boshqa yulduzlar bilan munosabatni yaxshilashi kerak, zero ularning aksariyati individual harakatlarga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda. Demak, jamoaviy pressingda qatnashishni istamaydiganlarning o‘rniga ushbu topshiriqni a’lo darajada bajaradigan hujumchilarni tushirishga to‘g‘ri keladi. Shunisi aniqki, Valverde faoliyatida ilk marta superyulduzlarga ustozlik qiladi, vaholanki, ushbu shogirdlari uchun u obro‘li mutaxassis emas.

Eduardo BERISSO, «Sevilya»

Kimning o‘rniga keldi? Xorxe Sampaoli «Sevilya»ga kelgach, dastlabki haftadayoq qochishga tayyor turgandi, shu bois uning mavsum oxirida klubni tark etishini taxmin qilish qiyin emasdi. Sampaoli yana bitta jangovar jamoa tuzishdan tashqari, andalusiyaliklarning uzoq vaqtdan so‘ng chempionlik yo‘lida grandlarga jiddiy kurash taklif qilishlarini ta’minladi.

Tajriba: Luis Enrikedan so‘ng «Selta»ni qabul qilib olgan mutaxassis keyingi uch yil mobaynida o‘rta darajadagi tarkibdan maksimum samara chiqara oladigan mustaqil murabbiy ekanini isbotladi. Ikkinchi mavsum yakuniga ko‘ra oltinchi o‘rinni egallagan Berisso asosiy urg‘uni yevrokuboklarga qaratib, yarim finalga qadar yetib bordi. «Sevilya»dagilarga uning uzoq yillik reja tuzishi ma’qul keldi, zero Andalusiyada bu jihat eng yuqori o‘rinda turadi.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? Qisqa paslar orqali to‘p nazoratini qo‘lga olish, faol rotasiya, maydonda tashabbusga ega bo‘lish - «Selta»ning sobiq bosh murabbiyiga xos. O‘z navbatida, o‘yin tashkil etishdagi nominal sxemalar yanada konservativ ko‘rinish kasb etadi, uzoq va qisqa masofadan darvoza tomon yo‘llanadigan zarbalar soni oshadi.

Xose Anxel SIGANDA, «Atletik»

Kimning o‘rniga keldi? Yuqorida Ernesto Valverde haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdik.

Tajriba: Primerani kuzatish bo‘­yicha yetarlicha stajga ega bo‘lganlar Sigandaning «Osasuna» va «Xeres»dagi faoliyatini yaxshi eslashsa kerak. So‘nggi olti yilni «Atletik» o‘rinbosarlari ustozi sifatida o‘tkazib, ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi. 2015 yili uchinchi diviziondan «A» segundaga yo‘l olinishi yoshlar jamoasi uchun hamisha katta yutuq hisoblanadi. Keyingi yil o‘rinbosarlar yana quyiga ravona bo‘lishdi, ammo asosiysi bosh jamoa ko‘plab iqtidorlarni o‘z safiga qo‘shib oldi. «Atletik»ning hozirgi tarkibidagilarning aksariyati nafaqat Sigandani yaxshi tanishadi, balki uning oldida qarzdorlar.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? Taktika nuqtai nazaridan aniq nimanidir kutish qiyin, zero Siganda «kattalar» bilan o‘n yil avval birga ishlagan, o‘shanda ham sharoitlar haminqadar bo‘lgan. Demak, boshlanishiga Valverde davridagi «Atletik»ning o‘yinini kuzatsak, ajabmas. Shunga qaramay, Xose Anxelning qo‘l ostidagi o‘yinchilar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urishi muqarrar.

Luis SUBELDIYA, «Alaves»

Kimning o‘rniga keldi? Maurisio Pellegrino «Alaves»da hamjihatlikni ta’minladi, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanishini nazorat qildi, hujumdagi bar­qarorlikka urg‘u berdi. Natijada klub Qirol kubogi finaliga qadar yetib borib, muntazam chempionatni kuchli o‘nlikda yakunladi.

Tajriba: 36 yoshli argentinalik mutaxassis uchta mamlakat - Argentina, Ekvador hamda Meksikada ishlashga ulgurib, o‘ziga yarasha yutuq va individual sovrinlarga ega bo‘ldi. Matbuot uni muntazam ravishda kelajagi porloq murabbiylar ro‘yxatiga kiritadi. Mana endi unda Yevropa futbolida nom qoldirish imkoniyati tug‘ildi.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? Asosan 4-4-2 taktik sxemasini ma’qul ko‘radigan Subeldiya raqobatbardosh jamoa tuzishga qodir. Har holda, uni Janubiy va Markaziy Amerikadagilar hujumkorlikka e’tibor qaratadigan mutaxassis sifatida tanishadi. Ehtimol, bu natijalarga salbiy ta’sir o‘tkazar, ammo shu kabi o‘yin tarzi tomoshabinlarga ma’qul kelishi ta­yin.

MARSELINO, «Valensiya»

Kimning o‘rniga keldi? 2008 yildan buyon Voro besh marta bosh murabbiy vazifasini bajaruvchiga aylandi. So‘nggi marta u jamoani Chezare Prandellidan qabul qilib oldi.

Tajriba: Marselino deyarli bir yilni bekorchilikda o‘tkazdi. 2016|2017 yillar mavsumi boshlanishi arafasida «Vilyarreal» uni iste’foga chiqardi. Garchi u jamoani primeraga qaytarib, qatorasiga uch yil yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, rahbariyat bilan aloqalarning yaxshi emasligi pand berdi. Umuman olganda, «Valensiya»ning bu tanlovi ko‘pchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? Valensiyadagi holat Marselinoga yaxshi tanish, o‘yinchilarni saralashda esa 2014-2016 yillardagi «Vil­yarreal»da belgilangan tartibga amal qilishi mumkin. Qanotlar orqali yo‘lga qo‘yiladigan qarshi hujum taktikasi unga mos. Yuqorida nomi keltirilgan hamkasblaridan farqli ravishda Marselino o‘zgartirish emas, balki yaratishni ko‘proq ma’qul ko‘radi.

Xuan Karlos UNSUE, «Selta»

Kimning o‘rniga keldi? Yuqorida Eduardo Berisso haqida so‘z yuritdik.

Tajriba: So‘nggi to‘rt yilni «Barselona» va «Selta»da Luis Enrikening assistenti sifatida o‘tkazdi. Lucho hamrohligida jamoaning nazariy tayyorgarligiga mas’ul bo‘ldi, kataloniyaliklarning standartlar vaqtida to‘g‘ri harakatlanishlarini ta’minladi, ko‘pincha futbolchilarni mus­taqil ravishda shug‘ullantirdi. Sal qolsa, «Barsa»da Enrikening o‘rnini egallashi mumkin edi, ammo hali «PSJ» futbolchisiga aylanib ulgurmagan Neymar bilan o‘rtalarida nizo chiqqach, nomzodlar ro‘yxatidan nomini o‘chirdi.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? «Selta» so‘nggi yillarda «Barselona» filialiga aylanib qolgandek - bu klubda kataloniyaliklarni qiziqtirgan murabbiylar sinovdan o‘tishadi, «ko‘k-anorranglilar» safida ishi qovushmagan futbolchilar Vigoga yo‘l olishadi. Unsue yangi mavsumda «Selta»da turli taktik sxemalarni qo‘llashi mumkin, o‘yinchilar bilan ixtilof kelib chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas. Boshqa tomondan, yevrokuboklarda qatnashmaslik ushbu mutaxassisga yangi maqsad yo‘lida biroz foyda keltirishi muqarrar.

Kike SETYEN, «Betis»

Kimning o‘rniga keldi? Aleksis Truxilyo, Viktor Sanches hamda Gustavo Poyet - yaqin orada klubda ishlagan murabbiylar. So‘nggi paytlarda «Betis»ning ishtiroki klubning byudjeti, tarixi hamda keng fan-bazasiga sira mos tushmayapti. Sevilyaning bu jamoasi barcha jabhada «jon» saqlash emas, balki kamida o‘rtamiyonalik yoxud yevrokuboklarda qatnashish imkonini beradigan o‘rinlar uchun kurashishga loyiq.

Tajriba: «Las-Palmas»ni 2015|2016 yillar mavsumi o‘rtalarida qabul qilib olgan Kike Setyen uni qisqa muddatda chempionatning eng maftunkor jamoasiga aylantirdi. Hazilga yo‘ymangu, orolliklar kezi kelganda o‘yin sifati bo‘yicha «Barselona» va «Real»dan qolishishmadi. Ammo 58 yoshli mutaxassis hamkasblari va matbuot tomonidan yog‘dirilayotgan maqtovlar bilan cheklanmay, haqiqiy natijalarga erishishni xohladi. «Las-Palmas» rahbariyati yirik xaridlarga pul ajratishga tayyor emasdi, shu bois Setyen mart oyida klubni tark etishini bildirdi.

Yangi jamoasida nimani o‘zgartiradi? «Betis»da Kike Setyenning niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun hamma narsa yetarli. Uzoq vaqtdan buyon Sevilyaning ikkinchi jamoasi nazardan chetda qoldi, ammo mo‘’jizalarga o‘ch Setyen hammasini iziga solishi mumkin. «Betis» futbolchilari tez orada primeraning aksariyat jamoalaridan ko‘ra to‘pni ko‘proq egallab turishni o‘rganishadi, raqib jarima maydonchasida kombinasiyalar uyushtirishadi, har qanday pragmatizmdan voz kechishadi. Sof romantika kamdan-kam hollarga yirik g‘alabalarga yetaklaydi, ammo «Betis» ishqibozlari endi chin ma’noda futboldan zavq olishadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:06, 27.08.2017.
O'qildi: 4257 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.