VVS ekspertlari Angliya premyer ligasining barcha zamonlari ramziy terma jamoasini tuzishdi.
Uni tuzishda mashhur sobiq futbolchilar Denni Merfi, Ian Rayt va Alan Shirer ishtirok etishdi.
Tarkib quyidagicha bo‘ldi:
Peter Shmeyxel, Rio Ferdinand, Jon Terri, Gari Nevill, Eshli Koul, Stiven Jerrard, Frenk Lempard, Rayan Giggz, Krishtianu Ronaldu, Alan Shirer, Tyerri Anri.