“Atletiko” posboni Yan Oblak “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinning asosiy vaqtida penaltini qaytardi.
Bu bilan 24 yoshli sloveniyalik posbon barcha turnirlarda o‘z darvozasiga belgilangan 9 ta penaltining 5 tasini bartaraf etdi hamda La ligada so‘nggi uch yillikning eng yaxshi natijasini qayd etdi (bu yerda faqat asosiy daqiqalardagi penaltilar hisobga olingan).