Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Seri “Barselona”ga o‘tolmagani haqida: “Nissa” ofisida shunchalik baqirdimki, ustunlar larzaga keldi”

Seri “Barselona”ga o‘tolmagani haqida: “Nissa” ofisida shunchalik baqirdimki, ustunlar larzaga keldi”

Baho:
+ | -

“Nissa” futbolchisi Jan-Mikael Seri “Barselona”ga o‘tolmagani haqida gapirdi.

“Men juda yomon ahvoldaman. Bilasizmi, futbol o‘ynash men uchun bayram. Biroq “Nissa”ning o‘yinini o‘tkazib yubordim, chunki hozir futbol haqida o‘ylaydigan kayfiyatda emasman. Orzuim “Barselona”da o‘ynash edi, hozir shunchaki dahshatdaman!

“Barselona” rahbariyati bilan uchrashganimda, ular menga transferning o‘xshamaganligi haqida hech narsa deyishmadi, men esa uyga xush kayfiyatda qaytdim. Hatto agentim “Barselona” bilan tuzilgan shartnomani ko‘rsatgandi ham. Biroq ertasi kuni bu xabarni eshitdim. Karaxt ahvolga tushib qoldim.

“Nissa” ofisida esa to‘polon ko‘tardim. Shunchalik baqirdimki, “ustunlar” larzaga keldi. “Nissa” rahbarlari esa hech narsa deyishmadi, hatto ko‘zimga ham qaray olishmadi.

Meni pullar qiziqtirmaydi, men shunchaki grand jamoa safida o‘ynashni istayman, xolos”, dedi Seri.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Seri bilan avval shartnoma imzolagan, biroq “Nissa”ning “Napoli” bilan o‘yinidan keyin futbolchini sotib olishdan voz kechgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:30, 28.08.2017.
O'qildi: 9851 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик