"Arsenal" yarimhimoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen "Chelsi" bilan shartnoma imzolamadi.
BBC xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi qanot himoyasida o‘ynatilishini bilganidan so‘ng, transferdan voz kechdi. Endi u "Liverpul" taklifini o‘rganib chiqmoqda.
Oksleyd-CHemberlen "Arsenal"da 2011 yildan buyon o‘ynamoqda. Futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 45 o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.