Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Terma jamoa haqida! Masalliq bo‘lmasa, qozonni ochib-yopgandan ne naf?

Terma jamoa haqida! Masalliq bo‘lmasa, qozonni ochib-yopgandan ne naf?

Baho:
+ | -

Ayolimning bir g‘alati odati bor. Uydan chiqayotganimda ust-boshimni katta sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Agar egnimga qandaydir ip-pib ilashib qolganini ko‘rsa bormi, jon talvasasida yulib otadi. Nima deydi deng, agar o‘shanday holatda ko‘chaga chiqib ketsam, boshi ochiq jononlarning ishvasi beixtiyor meni o‘ziga jalb etarmish. Aksiga olib, kiyimdagi daydi ip “boshliq”ning o‘tkir nigohidan chetda qolib ketgan kuni, bironta go‘zal kaminaga qayrilib ham qaramaydi. Shundanmi, irim-jirimni jinim suymaydi…

Ayollar-ku, o‘z nomi bilan — ayol, qiyshiq qovurg‘adan yaralgan. Oldi-qochdi gaplarga ishonuvchan bo‘ladi. Keyingi yillarda diydasi qattiq erkaklar, deylik futbol murabbiylarining ham shaytoniy vasvasalarga mukkasidan ketayotganiga nima deysiz!? (Soqoliga oq oralagan kap-katta erkak oldidan qora chuvalchang o‘tib ketsa ham, yetti qadam orqaga yurib tursa g‘alati-da).

Masalan, go‘ring nurga to‘lgur Luis Aragones, “sap-sariq” irimchi bo‘lgan. Ya’ni, murabbiy o‘lmasidan burun, sariq rangdan o‘lgudek qo‘rqqan, uni xavf-xatar belgisi deb ishongan ekan. Aytishlaricha, Raulning terma jamoadan sazoyi bo‘lishiga ham, qaysidir o‘yinoldi mashg‘ulotiga sariq futbolkada kelgani sabab bo‘lgan emish. Boyaqish, ustozining “sariqafobiya”ga chalinganini sezmaganda. Ammo, Aragones bilan bog‘liq eng “dahshatli” voqea keyinroq, Germaniyada sodir bo‘lgan. O‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun Dortmundga qo‘ngan ispan delegasiyasini mahalliy malaklar bejirim gullar bilan kutib olishgan. Tabiiyki, chechaklarning rangi sariq edi. Shundan bo‘lsa kerak, nemis parivashlari Aragonesdan iltifot o‘rniga, o‘ng qo‘lining o‘rta barmog‘ini ko‘rishgan…

Fransiyada ham yana bitta oqsoch irimkash bo‘lardi, topdingiz

Davomi

Manba: fayzbog.uz
Kiritildi: 19:22, 30.08.2017.
O'qildi: 12227 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик