Braziliya terma jamoasi JCH-2018 saralashida Ekvadorni (2:0) mag‘lub etdi.
Bu "selesao" ustozi Tite uchun qatorasiga 9-o‘yindagi g‘alaba va rekordning davomi bo‘ldi. Shu paytgacha Braziliya terma jamoasining hech bir bosh murabbiyi bunday ko‘rsatkichga erishmagan edi.
Avvalgi ko‘rsatkich - 6ta g‘alaba 1970 yilda Joze Soldani tomonidan o‘rnatilgandi.