Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Poytaxtimizda “Asian fight – 2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizda “Asian fight – 2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 9 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida jangovar yakkakurashlar bo‘yicha “Asian fight – 2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, mamlakatimiz penchak silat federasiyasi, Uzmobile kompaniyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turnirda yurtimiz yakkakurash ustalari bilan birga o‘nga yaqin davlatdan kelgan sportchilar o‘zaro kuch sinashadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mazkur xalqaro turnir oldidan tashkilotchilar, sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida sportning yakkakurash turlari ham yoshlarimiz orasida jadal ommalashayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston penchak silat federasiyasi tomonidan “Asian fight –2017” xalqaro turnirining tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportning yakkakurash turlariga keng jalb etishdan iboratdir.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan ushbu turnirda sportning yakkakurash turlari bo‘yicha Osiyo va jahon chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilarimiz Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov, Jasur Mirzamuhammedov, Ulug‘bek Umarov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturg‘unov, Isroil Rasulov, Ayubxon Kamolov va Ahliddin Mirzadavlatov Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:18, 01.09.2017.
O'qildi: 4124 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.