Jahon chempionati saralash bahsida Angliya o‘z uyida Slovakiyani mag‘lub etdi. Bu bilan Angliya jahon chempionatlari va Yevropa chempionatlari saralashlarida o‘z uyida o‘tkazilgan o‘yinlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarildi (13 ta g‘alaba).
Bu borada Ispaniya 16 ta o‘yin (1992-2005) va sobiq ittifoq terma jamoalari 23 ta o‘yin (1957-1989) birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan.