Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Koreyalik futbolchilarning ahvoli yaxshi emas

Koreyalik futbolchilarning ahvoli yaxshi emas

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya termasi «yuragi» - Son Xyon Min eronliklarga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng muxlisu mutaxassislar tomonidan bildirilgan keskin tanqidlarga javob qaytarishni lozim topdi.

«Tribunadan o‘yin qanday ko‘ringani menga qorong‘u. Ammo jamoadoshlarim g‘alabaga intildilar. O‘yin davomida golga tortadigan birorta zarba yo‘llay olmaganimizni ko‘rsatib turgan statistika uchun uzr so‘rayman.

Bu gapni aytishim o‘rinlimi yoki yo‘q, bilmadimu, ammo g‘alaba qozonishimizga chim holati qarshilik qildi. To‘g‘risi, 29 avgust kuni mashg‘ulotlarga qo‘shilgan bo‘lsam, shundan buyon g‘azabim qaynayotgandi. Bunday maydonda o‘ynash asabimni buzadi»,-dedi «Tottenxem» futbolchisi.

Inchxon aeroportida, ya’ni J.Koreya termasi O‘zbekiston safariga chiqishi arafasida mahalliy jurnalistlar bosh murabbiy Shin Te Yongni savollarga tutishdi. Suriya termasining ham kurashga qo‘shilgani uni xavotirga sola boshlaganiyu, qo‘shimcha tashvish uyg‘otgani yaqqol sezildi.

«Qiyin vaziyat yuzaga keldi. Lekin ruhiyatni tushirmasligimiz lozim. Tan olaman, Eron termasi bilan o‘yinda kamchiliklar kuzatildi. Har qanday holatda ham, olg‘a intilishimiz shart.

Vaziyatga real qarashni, barchasini boricha aytishni yoqtiraman. Bahona qidirish mening uslubim emas. O‘zbekistondan g‘alaba bilan qaytishimizga ishonyapman»,-dedi murabbiy.

Terma jamoaning 39 yoshli faxriy hujumchisi Li Don Guk esa oldingi o‘yinlarni unutib, bor e’tiborni O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi bahsga qaratish zarurligini ta’kidladi: «Eronliklar bilan bo‘lgan o‘yinni tezroq unutishimiz kerak.

Afsuski, g‘alabagina qoniqtiradigan bahsda durang bilan  cheklandik. O‘zbekistondagi o‘yin oson bo‘lmaydi, albatta. Bizni eng murakkab janglardan biri kutyapti. Lekin hattoki, durang haqida o‘ylashga ham haqqimiz yo‘q.

Toshkentdan 3 ochko va JCH yo‘llanmasi bilan qaytish niyatidamiz». Aytgancha, koreys OAV bugungi o‘yin oldidan Li Don Gukni alohida ta’riflamoqda - «O‘zbekiston termasi qotili».

Gap shundaki, salkam 20 yildan buyon Janubiy Koreya bosh jamoasi safida to‘p surayotgan ushbu futbolchi milliy termamiz darvozasiga 4ta gol urgan: JCH-2006 saralashida 1ta, 2012 yilgi o‘rtoqlik o‘yinida 2ta va JCH-2014 saralashida 1ta.

Janubiy Koreya - Eron o‘yinida Li Don 88-daqiqada maydonga tushirildi. To‘g‘ri, u ayni payt koreyslar hujumida asosiy rolga ega emas, ammo maydonda futbolchilarni boshqarishi va ruhiy madad berishi bilan ajralib turadi.

«Red Bull Zalsburg»da faoliyat olib borayotgan Xvan Xi Chan ham OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida bo‘lajak o‘yindan faqat g‘alaba kutayotganini yashirmadi: «Hech qachon O‘zbekiston termasi natijalariga qiziqmasdik va faqat o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylardik.

Ammo JCHga borish-bormasligimiz ko‘p jihatdan aynan O‘zbekiston termaga qarshi o‘yinimizga bog‘liq. Bo‘lajak uchrashuvga yaxshi tayyorlanib, g‘alaba qozonishimiz shart. Buning uchun bor mahoratimizni ishga solamiz».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:49, 05.09.2017.
O'qildi: 23653 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик