Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin hakamlari haqida barcha ma’lumotlar

Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin hakamlari haqida barcha ma’lumotlar

Baho:
+ | -

FIFA Osiyo mintaqasidan JCH-2018 turniriga saralash bosqichi «A» guruhi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yiniga rasmiylarni tayinladi.

Singapurlik Muhammad Taqi al-Ja’fariy bin Ja’hari uchrashuv bosh hakami bo‘lib ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Li Tzu Liang va Min Kiat Kox yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasini Xui Chuan Fu bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi etib bahraynlik Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim tayinlandi. Uchrashuv komissari - Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabis­toni).

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yin 5 sentyabr kuni Toshkent­dagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da start oladi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2018 turniriga saralash bosqichi «A» guruhi 10-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.

Quyida Muhammad Taqining umumiy profili va uning terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni qanday boshqarganiga to‘xtalib o‘tamiz.

DosYE. Muhammad Taqi al Ja’fari bin Ja’hari 1986 yil 25 oktyabrda Singapur shahrida tavallud topgan. 2012 yildan FIFA ro‘yxatiga kiritilgan. 2012 yildan beri singapurlik hakamlar orasida birinchi bo‘lib FIFA shafe’ligidagi turnirlarda ishlay boshladi. 2015 yilgi Osiyo kubogida assistenti Jeffri Go bilan birga zaxira hakamlardan biri bo‘ldi. Joriy yil Koreya Respublikasida o‘tkazilgan 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida videoreferilar safida ishladi.

2016-2017 yillar uning karyerasidagi eng muhim davr bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Chunki 30 yoshli Ja’hari Osiyoda mundial saralash bahslarida eng ko‘p (8ta) o‘yinlarda ishlagan hakam bo‘lib turibdi.

Singapurlik referi OCHLda quyidagi klublarimiz ishtirokidagi o‘yinlarni boshqargan: «Bunyodkor» - 2ta, «Lokomotiv» - 1ta, «Nasaf» - 1ta. Katta miqyosdagi musobaqalarda hozircha ishlamagan. Bu hakam hozircha biz uchun biroz omadsiz bo‘lib turibdi. Chunki u ishtirok etgan bahslarda faqat «Nasaf» g‘alaba qozongan, xolos.

2017 yil iyulida «Chelsi» - «Bavariya» bahsini boshqargan. O‘shanda bu ikki jamoa Singapur turnesini o‘tkazishayotgan edi.

Worldreferee.com veb-saytida ma’lumot keltirilishicha, xalqaro miqyosda klublar va terma jamoalar ishtirokida 45ta o‘yinni boshqargan. 2016 yilning o‘zida 14ta xalqaro bahsda ishlagan. Jami 10ta penalti belgilagan, 2ta qizil kartochka, 163ta sariq kartochka ko‘rsatgan. So‘nggi marta xalqaro arenada 2016 yil 15 noyabrda Yaponiya- Saudiya Arabistoni bahsida qizil kartochka va penalti belgilagan edi. O‘shanda birinchi bo‘lim so‘ngida yaponlar foydasiga penalti belgilangan va uni Xiroshi Kiyotake aniq bajarib, hisobni ochgandi. O‘yin oxirida (90Q2-daqiqa) saudiyaliklar sardori Osama Havsavi ikkinchi marta sariq kartochka olib, maydonni ertaroq tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

Singapurdan yangi avlod hakamlari yetishib chiqishida ayni paytda FIFA instruktori bo‘lib ishlayotgan Shamsul Maydinning ham xizmatlari beqiyos. Futboli hatto o‘z mintaqasida quyi o‘rinda turuvchi bu mamlakatdan yetuk referining chiqishi faqat va faqat hakamlarning intiluvchanligi va maqsadlari ulkanligidan dalolat beradi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham 30 yoshligida jahon chempionati saralashida 8ta o‘yinni boshqargan va yakunda JCH-2010 hakamlari safiga qo‘shilgandi. Bugun Muhammad Taqi uchun ham shunday imkoniyat bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan bu hakam uchun jahon mundialiga yo‘l olish fantastik qadam bo‘ladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:07, 05.09.2017.
O'qildi: 8698 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.