"Everton" hujumchisi Ueyn Runi noqulay ahvolga tushib qoldi.
Avvalroq angliyalik futbolchi "ichib" olib mashina haydaganlikda taxmin qilinib, hibsga olingandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Ueyn mashinada yolg‘iz bo‘lmagan. U bilan Laura Simpson ham bo‘lgan. 29 yoshli Simpsonning aytishicha, ular Runining uyiga ketishayotganida polisiya ularni to‘xtatgan. Bu paytda Ueynning turmush o‘rtog‘i Kolin farzandlari bilan Ispaniyada dam olayotgan edi.
Kolin yaqinda Angliyaga qaytib keldi, ammo o‘z farzandlari bilan darhol o‘z ota-onasining uyiga ketib qoldi. Ueyn va Kolin hozirda to‘tinchi farzandlarining dunyoga kelishini kutishmoqda.
Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin Runi kecha "Everton" safida dastlabki mashg‘ulotda ishtirok etdi. Futbolchi klub bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan gaplashdi. Shundan so‘ng jamoa uni 320 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortdi.