Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Pichichi» sovrini kimga nasib qiladi

«Pichichi» sovrini kimga nasib qiladi

Baho:
+ | -

Ba’zilar Lionel Messining Ispaniya primerasida Ronaldudan ko‘proq gol urishiga shubha bilan qaramoqda.

Ammo to‘purarlar poygasida ushbu juftlikning qatnashishi muqarrar.

Xo‘sh, «Pichichi»ni qo‘lga kiritish yo‘lida Leo va Krishtianuga yana qaysi futbolchilar raqobat taqdim etishlari mumkin? Bugungi fotogalereya aynan shu mavzuga bag‘ishlanadi.

LIONEL MESSI («Barselona»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 37ta gol (primeraning eng yaxshi to‘purari)
Koeffisiyent: 1.9

KRISHTIANU RONALDU («Real»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 25ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rin)
Koeffisiyent: 3.5

LUIS SUARES («Barselona»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 29ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rin)
Koeffisiyent: 3.5

ANTUAN GRIZMANN («Atletiko»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 16ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 5-o‘rin)
Koeffisiyent: 21.0

KARIM BENZEMA («Real»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 11ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 10-o‘rin)
Koeffisiyent: 34.0

GARET BEYL («Real»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 7ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 14-o‘rin)
Koeffisiyent: 51.0

KARLOS BAKKA («Vilyarreal»)
O‘tgan mavsum «A» seriyada: 13ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 10-o‘rin)
Koeffisiyent: 101.0

POYGADA KIM G‘OLIB BO‘LADI?

Ronaldu g‘alaba qozonsa hech kim ajablanmaydi, Messining nomzodi esa hozirgi vaziyatda biroz ikkilanishga undaydi. O‘z navbatida, so‘nggi sakkiz mavsumda Messi va Ronaldu jami yetti marta g‘olib chiqishgan - ulardan to‘rttasi Lionel, uchtasi Krishtianu hisobiga to‘g‘ri keladi.

Faqat bir futbolchi mazkur duetni mukofotsiz qoldirishga erishgan. 2016 yilgi to‘purarlar poygasida Luis Suares tengsiz bo‘lgandi. Ammo keyinroq Messi ushbu sovrinni yana o‘ziga qaytarishga erishdi. Ta’kidlash joizki, 37ta gol - so‘nggi yillardagi eng yaxshi natija emas.

Boshqa tomondan, Suares endilikda Neymarning ajoyib uzatmalaridan bahra ololmaydi va «Barselona»ning mutlaqo boshqa o‘yin uslubiga moslashishi lozim.

Qolaversa, Messining ham yoshi o‘tib bormoqda. Aksariyat raqiblar uni faqat tayanch nuqtasida qo‘riqlash lozimligin tushunib yetishmoqda - hozir argentinalik yulduz kamdan-kam hollarda raqiblaridan qochmoqda, pas masalasida nuqsonlar bor.

Ronalduni esa hal qiluvchi o‘yinlarga asrashlari muqarrar. Boz ustiga, «Pichichi» sovrini portugaliyalik hujumchining asosiy maqsadi ekanligiga ishonish qiyin. Yoki Messi bilan o‘zaro poygada hisob 3:4 ekanini inobatga olib, to‘purar bo‘lishga intilar? Har qanday holatda ham, joriy mavsum 2014 yilgi holat takrorlanishi mumkin.

O‘shanda eng yaxshi mergan nomini qo‘lga kiritish uchun 31ta gol kifoya qilgandi. Mazkur holatda yangi Forlanning paydo bo‘lishini kutish noo‘rin.

Baribir, g‘olib Suares, Ronaldu yoki Messi orasidan aniqlanishi haqiqatga yaqinroq.

KEVIN GAMEYRO («Atletiko»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 12ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 9-o‘rin)
Koeffisiyent: 81.0

YAGO ASPAS («Selta»)
O‘tgan mavsum La-ligada: 19ta gol (to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rin)
Koeffisiyent: 201.0

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 06.09.2017.
O'qildi: 7357 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.