Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta

Shifokor: Ronaldu kunduzi 5 marta uxlaydi!

Shifokor: Ronaldu kunduzi 5 marta uxlaydi!

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik qiluvchi shifokor va ekspert Nik Litlxeyls futbolchining rejimi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

"Bundan 20 yil avval Aleks Fergyuson meni "Manchester Yunayted"ga taklif qilganida katta sportdagi faoliyatimni boshlaganman. Murabbiy mendan himoyachi Gari Pallisterning beli bilan bog‘liq muammoni hal qilishda yordam so‘ragandi.

Krishtianu Ronaldu bilan "Real"da uchrashganman. Meni jamoaga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Karlo Anchelotti taklif qilgandi. Futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazayotganida mutaxassis bilan maydon chetida gaplashib turgandik. Oldimizga Ronaldu yugurib keldi va nima haqida gaplashayotganimiz haqida so‘rashni boshladi. U menga uyqu borasida maslahat berishni so‘radi.

Krishtianu tungu uyquga ketguncha qadar 5 marta 90 daqiqadan uxlaydi. U har safar toza choyshabda embrion holatida uxlaydi. Bundan tashqari, u tungi uyqudan 1,5 soat avval televizor ko‘rmaydi, telefon yoki planshet ishlatmaydi. Uyqu oldidan monitorga qarash sog‘lom uxlashga xalal beradi", – dedi Litlxeys.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 08:21, 07.09.2017.
O'qildi: 11502 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz