Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Aleksandr Xomyakov: "Oldimizga vazifa qo‘yilmagan"

Aleksandr Xomyakov: "Oldimizga vazifa qo‘yilmagan"

Baho:
+ | -

"Mash’al" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov uchrashuvida borasida o‘z fikrlarini bildirdi:

- Milliy terma jamoamiz jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolgani ko‘pchilikni kayfiyatini tushirib yuborgandi. "Navbahor"ga qarshi sifat yuzasidan yaxshiroq futbol ko‘rsatmoqchi bo‘lgandik. Ammo bunga raqib yo‘l qo‘ymadi. Natija albatta kishini xursand qiladi. 3 ochkoga ega bo‘ldik, musobaqa jadvalida yuqoriga ko‘tarildik.

O‘z futbolchilarimga minnatdorchilik aytmoqchiman. Ko‘p vaziyatlardan garchi foydalana olmagan bo‘lsakda, ikkita gol urishni uddaladik. Hech qanday vazifa bizga qo‘yilmagan. Maydonga tushamiz, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz... Ochkoni kuzda sanaladi deyishadi. Qishga yaqin yakunda barchasi oydinlashadi.

Yaponiyalik legionerni zaxirada qoldirishga qaror qildim. Uni maydonga tushirishni orada rejalashtirgandim, biroq asosan ikkinchi qavatdagi to‘plar uchun kurash olib borganimiz sababli uni o‘yinga qo‘shishdan ma’no topmadim. Hali uni maydonda ko‘rasiz. Nikita Pavlenko vaziyatlardan birida jarohatlangani uchun o‘zi bizdan almashtirishimizni so‘radi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:03, 08.09.2017.
O'qildi: 3568 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик