Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Paxtakor» xorijiy investorga sotildi

«Paxtakor» xorijiy investorga sotildi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» futbol klubi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, uning sport mashg‘ulot o‘quv kompleksini tartibga solish hamda tegishli ob’ektlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, yuqori mahoratli futbolchilarni tayyorlashni ta’minlash, O‘zbekiston dovrug‘ini xalqaro musobaqalarda munosib namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3127-son Qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat «Paxtakor» klubini har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmaga ega jamoa darajasiga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur Qarorga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va investor sifatida «SFI Management Group» MCHJning quyidagi takliflari ma’qullandi:

«PAXTAKOR» sport mashg‘ulot o‘quv markazi» MCHJ va «PAXTAKOR TENNIS ASE» MCHJlarni qo‘shib yuborgan holda «PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ nomi bilan qayta tashkil etish;

«PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ ustav jamg‘armasining 80 foizini investisiya majburiyatlari bajarilish sharti bilan «nol» xarid qiymatida sotish;

«PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ ustav jamg‘armasining qolgan 20 foizini investor tomonidan investisiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng Toshkent shahar hokimiyatida saqlash.

Qarorda, xususan, SFI Management Group klub bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash hamda ularni xalqaro me’yorlarga mos holatga keltirish, yuqori malakali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash uchun besh yil davomida 200 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ni yo‘naltirishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Klubdagi yangilanish va bunyodkorlik ishlari jarayonida «Qibray» sport bazasi, «Chilonzor» sport majmuasi hamda futbol akademiyasi to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Klub rahbariyati birmuncha vaqt ilgari kelgusidagi rejalari haqida ma’lum qilgandi. Xususan, ikki yil ichida eski «Paxtakor» stadioni o‘rnida yangi va zamonaviy usti yopiq arena qurilishi rejalashtirilgan.

2017 yili tashkil etilgan «SFI Management» MCHJ XK O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan talablarga binoan, yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya turli yirik investision loyihalarda ishtirok etmoqda hamda mamlakatimiz taraqqiyoti va uning iqtisodiyoti ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shmoqda.

SFI Management Group kompaniyasi kimga qarashli ekanligi hozircha aniq emas. Internetdagi ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya xorijiy korxona shaklidagi MCHJ bo‘lib, 2017 yil yanvarda tashkil etilgan va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, investision loyihalarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Investor faqat o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin ustav jamg‘armasidagi o‘z ulushini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Ungacha investorning sotib olgan ulushiga bo‘lgan huquqi «tasarruf etish huquqisiz» qaydi bilan mulk huquqiga sertifikat bilan tasdiqlanadi. Mazkur sertifikat «nol» xarid qiymati bo‘yicha ulushning 80 foizini oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma tuzilgandan boshlab 5 kun ichida beriladi. Investor yoki investorning muassisi tomonidan MCHJ manfaatlari yo‘lida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar har qanday usulda kiritladigan pul mablag‘lari investisiya majburiyatlari bajarilganini anglatadi.

2023 yil 1 yanvarga qadar «PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ investisiya majburiyatlari amalga oshirilishi doirasida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadi jamg‘armalariga (Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan istisno) majburiy to‘lovlardan, MCHJning chet ellik mutaxassislariga to‘lanadigan mehnat haqi ko‘rinishidagi daromadlar qismida yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod qilinadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:26, 08.09.2017.
O'qildi: 19686 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.