Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ivor Veyser: «Baqoyevning ko‘proq talabchan va kattiqko‘llik xususiyatini hurmat qilaman»

Ivor Veyser: «Baqoyevning ko‘proq talabchan va kattiqko‘llik xususiyatini hurmat qilaman»

Baho:
+ | -

"Buxoro"ning xorvatiyalik 29 yoshli markaziy yarimhimoyachisi Ivor Veyser klub matbuot xizmati bilan suhbatda bo‘ldi.

 - Ivor, mana bu yil milliy chempionatimizda debyut mavsumingizni o‘tkazyapsiz. Taassurotlar qanday?

- Yurtingizda o‘tkazayotgan ilk mavsumimdan juda xursandman. Menimcha yuqori darajada o‘ynay olishimni barchaga ko‘rsatdim. Biroq birinchi davrada  jarohat olganim uchun , hammasini qaytadan boshlashimga to‘g‘ri keldi. Shuni aytish kerakki, bizning jamoada juda yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan.  Bemalol ayta olamanki, ular o‘z ishining ustasi. Shuning uchun ham men hech  ikkilanmay bizning jamoa o‘z uslubi va o‘z ustuvorligi bilan har bir o‘yinda ajralib turadi deya olaman.

- “Buxoro” ikkinchi davrani yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Bunga jamoa nimani hisobiga erishmoqda?

 - Bu barchamiz uchun, xususan, “Buxoro” muxlislari, klub rahbariyati, jamoa o‘yinchilari uchun  juda yoqimli bo‘lmoqda. Eng asosiysi bunday ruhda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada orttirib , har bir o‘yinni , erkin holatda, katta kuch bilan raqib jamoalar bilan kurashishimizga katta yordam beradi.  Fikrimcha, birinchi o‘rinda  jamoamiz tarkibi juda yaxshi tuzilgan va sifatli. Qolaversa biz o‘z yo‘nalishimiz egamiz. Birinchi davra boshlarida jamoamizda o‘zgarishlar yuz berdi. Jamoa tarkibini yanada kuchaytirilishi  ruhan dalda berdi. Bunday tarkib bilan o‘ynash juda oson va yoqimli.  O‘ylaymanki kelgusidagi uchrashuvlarni biz yanada katta kuch va o‘zimizga  bo‘lgan ulkan ishonch bilan

- Ulug‘bek Baqoyevga ta’rif bersangiz. U qanday murabbiy?

- Xar bir inson kabi har bir murabbiyning ham o‘ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bo‘ladi albatta. Bizning murabbiy esa baland ovozga ega desam adashmayman. Haligacha bu uning birinchi va omadli mavsumi deyish mumkin. Ishonamanki, Baqoyev bundan keyin xam shu xolatini ushlab qoladi.  Men uning aynan talabchan va kattiqko‘lligini hurmat qilaman. Jamoada bu eng asosiysi deb bilaman. Agarda bosh murabbiyimiz o‘yindan o‘zi kutgan natijani olmasa, uni umuman tanib bo‘lmaydi . Juda qattiq asabiylashadi. O‘zgarib ketadi. Bu - psixologiya. Menimcha u bizga munosib murabbiy  bo‘la oldi va bundan keyin ham bo‘la oladi.

- Negadir ikkinchi davrada asosan zaxirada qolib ketmoqdasiz. Buni qanday izohlaysiz?

- Men bu bilan bir yerda kolib ketdim deb ayta olmayman. Chunki bunday fikrni ilgari surish xato demakdir. Oyog‘imdan jaroxat olganimdan so‘ng, birinchi davra yakunigacha jaroxatim  bilan o‘ynadim hamda birinchi davra bahslarini tugatib, jarohatimni tuzatish uchun o‘z yurtimga  jo‘nab ketgandim. U yerda ma’lum muddat davolandim.  Mashg‘ulotlarni qoldirmay, deyarli barchasida qatnashishga xarakat qilyapman. Avvalgi holatimga qaytishim uchun menimcha yana 2-3ta uchrashuvni o‘tkazishimga to‘g‘ri keladi.  Lekin bu futbol , bu yerda biroz notabiiy ekan.  Shuning uchun jamoa sifatni yo‘qotmasligi kerak. Biz  yaxshi natija bilan chempionatni boshladik va ortga chekinmaymiz. Zaxirada qolib ketayotganim borasida esa hozircha hech nima deya olmayman. Lekin men shuni ayta olamanki, tinmay o‘z ustimda ishlayman, mashg‘ulotlarni davom ettiraman  va imkoniyatim kelishini kutaman.

- “Buxoro” davralar oralig‘ida o‘zi tarkibini yetakchi ijrochilar evaziga yanada kuchaytirishga erishdi. Aynan siz xarakat qiladigan ampluada bo‘layotgan raqobat xususida nima deysiz?

- Ko‘plab tajribali futbolchilardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak , yigitlarning sifatli o‘yini, bu hamma vaqt jamoa uchun yaxshi albatta. Hech bir futbolchi asosiy tarkibda o‘ynashga kafolatlangan emas. Agar boshlang‘ich tarkibda o‘ynamoqchi bo‘lsang, har bir mashg‘ulotda maksimal darajada o‘z qobilyatingni ishga solishing shart deb bilaman.    

- Jamoangiz ayni damda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Mavsum so‘nggiga qadar buni o‘zida saqlab qolishiga qanchalik ishonasiz?

- O‘ylashimcha biz “Buxoro” jamoasi  hech bo‘lmaganda 2- o‘rinda qolishi uchun jamoada sifat bor. Kim biladi deysiz, jamoamiz yanada yaxshiroq xarakat qilsa, birinchi o‘ringa chiqishimiz ham hech gap emas. Bu – futbol. Unda hamma narsa yuz berishi mumkin. Fikrimcha biz o‘ynay olamiz va buni barchaga isbotlab berdik.

- Jamoangiz navbatdagi turni vodiyda o‘tkazadi. Autsayderlar qatoriga tushib qolgan Neftchi bilan bo‘lib o‘tadigan bahs, oson kechmasligi turgan gap. Fikrimizga qo‘shilasizmi?

- Nazarimda tarkib borasida ustunlik biz tomonda. Safarda bemalol ochko jamg‘arish imkoniyatiga egamiz. Nasib qilsa buni amalda uddalaymiz.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 10:32, 08.09.2017.
O'qildi: 3921 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.