Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkentda suv sporti turlari bo‘yicha IX Osiyo chempionati boshlandi

Toshkentda suv sporti turlari bo‘yicha IX Osiyo chempionati boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz suzish federasiyasi hamda Osiyo suzish federasiyasi (AASF) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit’amizning 26 davlatidan mingga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Chempionatda Vatanimiz sharafini 130 dan ortiq sportchi himoya qilmoqda.

Chempionatning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov, suzish federasiyasi raisi Q.Sanaqulov va boshqalar mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yoshlarimiz o‘rtasida suv sporti turlari ommalashib borayotganini alohida ta’kidladi.

– Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchiman, – dedi Osiyo suzish federasiyasi vise-prezidenti Virendra Nanavati. – Mamlakatingizda barcha sohalar qatori sport ham jadal taraqqiy etayotgani, bolalar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, yoshlarning barcha qatlamini – umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan tortib oliy o‘quv yurtlari talabalarigacha o‘ziga qamragan noyob tizimning yo‘lga qo‘yilgani tahsinga loyiq. Bunday e’tibor sportchilaringizning xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston suzish federasiyasi 1992 yili tashkil etilgan. Mamlakatimizda suv sporti turlarini yanada rivojlantirish va ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2013 yildan suv sportining barcha turlari mazkur federasiya tarkibiga biriktirildi. Federasiya tomonidan suv sporti turlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarning mashg‘ulot o‘tkazishi uchun zamonaviy sharoit yaratish, malakali murabbiylar tayyorlash, nufuzli musobaqalarni tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2014 yili poytaxtimizda O‘zbekiston suzish federasiyasi tasarrufidagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi. Muassasada zamonaviy suzish havzasi, sport zali, trenajyor zali, kiyim almashtirish, yuvinish, tibbiyot va ma’muriy xonalar mavjud. Suzish havzasi suvni tozalash va haroratni bir maromda saqlovchi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan. Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan suv sporti saroylari va suzish havzalarining barpo etilayotgani o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqish tobora ortishiga xizmat qilmoqda.

Sportchilarimiz turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotir. Bugungi kunda 20 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz mazkur sport turlari bilan yurtimizdagi ikki yuzdan ortiq suzish havzasida muntazam shug‘ullanayotir.

Osiyo chempionatida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan suzish, sinxron suzish, suv polosi va suvga sakrash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:32, 09.09.2017.
O'qildi: 7223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.